O'zbekistonning Jizzax viloyatida turk ishbilarmonlar bilan uchrashuv bo'ldi

Viloyat hokimi Turkiya davlatining “Esan Eczacıbası Endüstriyel Hammaddeler San. ve Tic.A.Ş” kompaniyasi bosh direktori Emre Kayishoglu bilan uchrashdi.

2144907
O'zbekistonning Jizzax viloyatida turk ishbilarmonlar bilan uchrashuv bo'ldi

 

O'zbekistonning Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev O'zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya ishbilarmonlarini qabul qildi.

Viloyat hokimi Turkiya davlatining “Esan Eczacıbası Endüstriyel Hammaddeler San. ve Tic.A.Ş” kompaniyasi bosh direktori Emre Kayishoglu bilan uchrashuvda turkiyalik investor bilan “Uchquloch” polimetall konini kompleks o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. 

Muloqotlarda viloyat hokimi turkiyalik ishbilarmonlar bilan viloyatda yangi loyihalarni amalga oshirish ikki tomonga ham manfaatli ekanini alohida ta’kidladi. 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar