Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga kiritilmayotir

"1-maygacha Rossiyadagi aeroportlarda taxminan 4500 kishi to‘plangan va taxminan shuncha odam quruqlikdagi chegara punktlari orqali mamlakatga kiritilmagan", -dedi Valentina Chulik.

2135045
Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga kiritilmayotir

 

Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga kiritilmayotir.

O‘tgan haftadan beri Markaziy Osiyo respublikalari fuqarolari Rossiya chegarasida muammolarga duch kelishmoqda. Huquq himoyachisi Valentina Chulikning aytishicha, 24 apreldan beri Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari Rossiya aeroportlarida soatlab kutishmoqda va quruqlikdagi chegaralardan o‘tishga ruxsat berilmayotir.

"1-maygacha Rossiyadagi aeroportlarda taxminan 4500 kishi to‘plangan va taxminan shuncha odam quruqlikdagi chegara punktlari orqali mamlakatga kiritilmagan", -dedi Valentina Chulik.

Rossiya chegarasida qo‘lga olinganlarning qariyb chorak qismi Tojikiston fuqarolari, qolgan chorak qismi Qirg‘iziston fuqarolari, qolgan yarmi esa O‘zbekiston fuqarolaridir.

Rossiya bojxonachilari ko'pincha ro'mol o'rab yurgan ayollar va soqolli, lekin mo'ylovsiz erkaklarning o'tishini rad etishadi, deya xabar beradi inson huquqlari himoyachilari.

U yerda kutib turganlarning aksariyati bir yoki ikki kun ichida qaytarib yuboriladi, lekin ba'zi hollarda qaytarib yuborish jarayoni bir haftagacha davom etishi mumkin.

Odamlar ovqat va suv berilmayotgani, hojatxonaga borishga ham ruxsat berilmayotgani, telefonlari olib qo‘yilayotgani, tushuntirish berilmaganidan shikoyat qiladi.

Chulikning fikricha, Markaziy osiyoliklarning Rossiyadan haydalish holatlari soni ko‘paygan. Hatto ilgari Rossiyada ishlaganlar ham kirish taqiqiga duch kelishi mumkin.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi 28 aprel kuni o‘z fuqarolariga yaqin kelajakda Rossiyaga bormaslikni tavsiya qildi.

Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Semyon Grigorev 29 aprel kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga Rossiya Federatsiyasi hududida respublika fuqarolarining “huquqlari buzilgani” munosabati bilan nota topshirildi. 

“Bunday harakat faqat Tojikiston fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmoqda, bu Tojikiston-Rossiya munosabatlari ruhi va an’analariga tubdan mos kelmaydi”, deyiladi notada.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ham o‘z fuqarolariga Rossiyaga sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qildi.

25-mart kuni poytaxt Moskvadagi “Krokus Siti Xoll”da sodir etilgan teraktdan so‘ng Markaziy Osiyo respublikalari, xususan, Tojikiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasi huquq-tartibot kuchlari tomonidan qattiq nazoratga olinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #O'zbekiston , #Tojikiston

Aloqador xabarlar