Tojik - qirg‘iz chegarasida yana 1,1 kilometr ustidan kelishib olindi

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan berilgan bayonotda, mamlakat shimolidagi So‘g‘d viloyatiga qarashli Bo‘ston shahrida ikki davlat hay’atlari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tgani haqida ma’lumot bo‘lishildi.

2104478
Tojik - qirg‘iz chegarasida yana 1,1 kilometr ustidan kelishib olindi

Tojikiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi bahsli chegaraning yana 1,1 kilometri ustidan kelishib olindi.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, mamlakat shimolidagi So‘g‘d viloyatiga qarashli Bo‘ston shahrida ikki davlat hay’atlari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tgani haqida ma’lumot bo‘lishildi.

Hay’atlarning dala tadqiqotlari ortidan umumiy chegaraning 1,1 kilometrli ustidan yana kelishib olingani ifoda etilgan bayonotda, tegishli protokol imzolangani bildirildi.

Bayonotda tomonlar Qirg‘izistonda o‘tkaziluvchi navbatdagi yig‘ilishda ikki davlat o‘rtasidagi bahsli chegaraning boshqa qismlari ustida ishlashni davom ettishlarga e’tibor qaratildi.

Qirg‘iziston bilan Tojikiston o‘rtasidagi 972 kilometrlik umumiy chegaraning qariyb 90 foiziga to‘g‘ri keladigan 889,45 kilometrlik qismi ustidan kelishuvga erishilgan bo‘lsa - da, Qirg‘izistonning Batken shahrida joriy yilning 30 - yanvaridan 5 - fevraligacha uchrashuv o‘tkazgan tomonlar, chegaraning 3,71 kilometri ustidan ham kelishuvga erishib, protokol imzolagan edilar.

Tojikiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara masalasida paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar tufayli vaqti - vaqti bilan tushunmovchiliklar qayd etilar ekan, ikki davlat o‘rtasida oxirgi marotaba 2022 - yilning 14 – sentabri kuni yuz bergan voqealarda har ikki tomondan o‘nlab inson halok bo‘lgandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar