Turkiya va Ozarbayjon harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqchi

Turkiya mudofaa vaziri o'rinbosari Jalol Sami Tufekchi tashrif doirasida Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Xasanov bilan uchrashdi.

2090761
Turkiya va Ozarbayjon harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqchi

 

Turkiya mudofaa vaziri o'rinbosari Jalol Sami Tufekchi Ozarbayjonga tashrif buyurdi.

Tufekchi tashrif doirasida Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Xasanov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda harbiy texnika va mudofaa sanoati sohasida qo’shma loyihalar va mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Turkiya va Ozarbayjon o'rtasidagi o’zaro ishonch va qo'llab-quvvatlashga asoslangan hamkorlikni yanada kengaytirishning ahamiyatiga e'tibor qaratildi.

Ikki davlat oʻrtasidagi strategik ittifoq doʻstlik va qardoshlik munosabatlariga asoslanganini taʼkidlagan Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Xasanov, boshqa sohalar qatori harbiy sohada ham hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Turkiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Jalol Sami Tufekchi o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlashga asoslangan hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik masalalarini, shuningdek, harbiy, harbiy-texnik va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar