Turk kompaniyasi O'zbekistonda zamonaviy issiqxona majmuasini barpo etadi

O'zbekistonning Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Turkiyaning “MINESSI A.S." kompaniyasi boshqaruvi raisi Yasin Kaplan bilan uchrashdi.

2089933
Turk kompaniyasi O'zbekistonda zamonaviy issiqxona majmuasini barpo etadi

 

O'zbekistonning Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Turkiyaning “MINESSI A.S." kompaniyasi boshqaruvi raisi Yasin Kaplan bilan uchrashdi.

Suhbat chog'ida Mirzaobod tumanida suv va energiya tejovchi texnologiyalarga asoslangan zamonaviy issiqxona majmuasini qurish loyihasi muhokama qilindi.

Umumiy qiymati 500 million AQSH dollariga teng boʻlajak majmuada 750 ta doimiy ish oʻrni yaratiladi. Issiqxona yagona tizimga ulangan 4 ta blokdan iborat boʻladi. Sabzavotlar, qulupnay, gul va gul koʻchatlari, meva va mevali daraxt koʻchatlari alohida-alohida bloklarda yetishtiriladi. Har bir blokda mahsulotlarga ishlov berish, saralash va qadoqlash uchun yopiq maydonlar tashkil qilinadi. Shuningdek, qadoqlash uchun zarur boʻladigan gofrakarton va plastik idishlarni ham shu yerning oʻzida ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Loyihaning dastlabki bosqichida quyosh va shamol energiyasidan foydalanilsa, keyinchalik 10 MVt quvvatga ega elektr stansiyasi qurilishi koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, isitish uchun geotermal energiya manbalaridan foydalanish imkoniyati boʻyicha tadqiqotlar olib boriladi.

Majmuada yetishtiriladigan mahsulotlar asosan BAA va Saudiya Arabistoniga eksport qilinishi rejalashtirilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya , #MINESSI A.S.

Aloqador xabarlar