Qozog’iston armiyasi Markaziy Osiyodagi eng qudratli armiya deb topildi

Amerikaning “Global Firepower” harbiy statistika sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda dunyoning eng kuchli armiyalari ro‘yxati e’lon qilindi.

2087952
Qozog’iston armiyasi Markaziy Osiyodagi eng qudratli armiya deb topildi

 

Qozog’iston armiyasi Markaziy Osiyodagi eng qudratli armiya deb topildi.

Amerikaning “Global Firepower” harbiy statistika sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda dunyoning eng kuchli armiyalari ro‘yxati e’lon qilindi.

Ro’yxatga ko‘ra, Qozog’iston armiyasi Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiyaga aylandi.

Qozog‘iston armiyasida harbiy xizmatchilar soni 300 ming nafarni tashkil qilgan bo’lib, mudofaa xarajatlari 7,5 milliard AQSh dollariga yetdi.

Ro‘yxatda O‘zbekiston 65, Qirg‘iziston 100, Tojikiston 107-o‘rinni egallagan.

Reytingda ekspertlar 145 davlatni harbiy qo‘shinlar soni, moliyaviy ahvoli, texnologik taraqqiyoti, geografik joylashuvi va harakatchanligi kabi 60 xil omilga ko‘ra baholadi.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston

Aloqador xabarlar