Bishkekning “Ala-Too” maydonida Qirg‘izistonning yangi bayrog‘i ko‘tarildi

Yangi bayroqni ko‘tarish marosimi "Ala-Too" maydonida parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev va Vazirlar kengashi raisi Akilbek Japarov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

2085846
Bishkekning “Ala-Too” maydonida Qirg‘izistonning yangi bayrog‘i ko‘tarildi

 

Bishkek shahrining bosh maydoni “Ala-Too”da Qirg‘izistonning yangi bayrog‘i tantanali ravishda ko‘tarildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi bayroqni ko‘tarish marosimi "Ala-Too" maydonida parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev va Vazirlar kengashi raisi Akilbek Japarov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston Respublikasining yangilangan bayrog‘ini ko‘tarish marosimida mamlakat Prezidenti Sadir Japarov ishtirok etmagan.

Marosimda Davlat kotibi Suyunbek Kasmambetov, Favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyev, Bosh shtab boshlig‘i Ruslan Mukambetov, Bishkek shahar meri Aybek Dunushaliyev, 1992-yilda mamlakat bayrog‘ini loyihalashda ishtirok etgan Jusup Matayev va Bekbosun Jaychibekovlar ham ishtirok etdi.

Qirg‘iziston madhiyasi yangradi, askarlar ulkan bayroqni ko‘tardilar.

Parlament spikeri Shakiyev va deputat Ulan Primov tomonidan tayyorlangan “Qirg‘iziston Respublikasining davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi taklif 22-dekabr kuni prezident Sadir Japarov tomonidan ma’qullangandi.

Tashabbuskorlar parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev va deputat Ulan Primov bo‘lib, bayroqdagi nurlarning to‘lqinli shakli to‘g‘ri shaklga o‘zgartirilgan.

Shunisi e’tiborga loyiqki, yangi bayroqda 39 ta nur bo‘lsa, eskisida 40 ta. Bu 40 ta qadimgi qabilalarning yagona Qirg‘izistonga birlashishini bildirgan. Bu ham ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #bayroq , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar