Qirg‘iziston - Tojikiston chagarasida kelishuvga erishildi

Qirg‘iziston bilan Tojikiston chagarasining yana bir qismi ustidan kelishuvga erishildi.

2076616
Qirg‘iziston - Tojikiston chagarasida kelishuvga erishildi

Qirg‘iziston bilan Tojikiston o‘rtasidagi mubohasali chegaraning yana 47 kilometrlik qismi ustidan kelishuvga erishildi.

Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati bayonotiga ko‘ra, chegarani belgilash hay’ati 8 - 14 dekabr kunlari Qirg‘izistonning Batken shahrida yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda Qirg‘iziston bilan Tojikiston yana 47,05 kilometrlik chegara ustidan kelishuvga erishib, bu borada protokol imzoladi.

Eslatib o‘tamiz:

Qirg‘iziston bilan Tojikiston o‘rtasidagi qariyb 970 kilometrlik chegaraning 503 kilometri ustidan kelishmovchiliklar bor edi.

Chegara qishloqlarida yashagan aholi o‘rtasida yuz bergan janjallarga vaqti - vaqti bilan ikki davlat qurolli kuchlari ham aralashib, muammo chiqayotgandi. Hatto, 2022 – yilning 14 – sentabri kuni yuz bergan voqeada, ikki tomondan ham o‘nlab kishi hayotdan ko‘z yumgani ma’lum.

Sovet ittifoqi tarqaganidan keyin (1991 - yil) yuzaga kelgan chegara mojarosini hal qilish uchun tuzilgan qirgʻiz - tojik ishchi guruhi, avval ham chegaraning mubohasali 190 kilometri ustidan kelishuvga erishgandi.

 



Aloqador xabarlar