Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti o’z ishini boshladi

Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko`p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko`rib chiqiladi.

2062370
Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti o’z ishini boshladi

 

Bugun 9 noyabr kuni O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrida yirik xalqaro tadbir - Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti o’z ishini boshladi.

Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an, Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar hamda IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etmoqda.  

Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko`p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko`rib chiqiladi.

Sammit dasturi doirasida O`zbekiston prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi.

Ta`kidlash joizki, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985 yilda asos solingan bo’lib, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.

O’zbekiston Respublikasi 1992 yilda IHT ga a’zo bo’lgan.



Aloqador xabarlar