“EkoAvrasya” rahbari O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga tashrifi haqida

Turkiyadagi “EkoAvrasya” Yevroosiyo iqtisodiy aloqalar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Hikmet Eren O‘zbekiston Prezidentining Vengriyaga 18-19 avgust kunlari amalga oshirgan amaliy tashrifi yakunlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

2027190
“EkoAvrasya” rahbari O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga tashrifi haqida

 

“EkoAvrasya” Yevroosiyo iqtisodiy aloqalar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Hikmet Eren (Turkiya) O‘zbekiston Prezidentining Vengriyaga 18-19 avgust kunlari amalga oshirgan amaliy tashrifi yakunlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi:

- Prezident Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosatining yangi vektori tufayli O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi va  savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda boshqa yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikda haqiqiy taraqqiyotga erishildi.

 O‘zbekiston yetakchisining Budapeshtga bu galgi amaliy tashrifi va oliy darajadagi kelishuvlar natijalari O‘zbekiston-Vengriya ko‘p qirrali munosabatlari chuqurlashganidan, hali foydalanilmagan ikki davlatning istiqboldagi boy salohiyati imkoniyatlaridan dalolat beradi.

O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi va ular  davom etmoqda. Mazkur o‘zgarishlar  iqtisodiyotni liberallashtirish, biznes yuritish va sarmoyaviy hamkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgani bilan  ham muhim ahamiyatga ega. Buning natijasida O‘zbekiston Vengriya uchun tobora istiqbolli iqtisodiy hamkorga aylanib bormoqda. Ushbu  fikrimni  “Bonafarm”, "Gedeon Richter", “Meditop”, "Wizz Air" va boshqa ko‘plab yirik venger kompaniyalarining O‘zbekistonda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy loyihalarda faol ishtirok etayotgani tasdiqlaydi.

Mamlakatingiz yetakchisi rahnamoligida amalga oshirilayotgan tarixiy shaharlarning sayyohlik salohiyati va O‘zbekistonning boy madaniyatining xalqaro jozibadorligini oshirishga qaratilgan islohotlarni ham alohida taʼkidlash kerak. Shu nuqtai nazardan, ikki davlat poytaxtlari – Toshkent va Budapesht shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarining yo‘lga qo‘yilgani ishbilarmonlik aloqalarining faollashuvi va sayyohlar oqimining oshishiga xizmat qiladi.

Bundan  tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyevning  19-20 avgust kunlari Budapeshtga tashrifi va uning yakunlari bo‘yicha erishilgan mustahkam kelishuvlar to‘plami O‘zbekiston-Vengriya savdo-iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishga  hamda ikki xalq manfaatlari uchun kuchli turtki bo‘lib xizmat qilishiga ishonchim komil.


Tanlangan kalimalar: #EkoAvrasya , #Vengriya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar