Mirziyoyev Vengriyada Jahon chempionati bahslarini tomosha qildi

Chempionatda O‘zbekistondan 5 nafar atletimiz sportning balandlikka sakrash, uch xatlab sakrash, uzunlikka sakrash, yettikurash va marafon kabi turlarida kuch sinashmoqda.

2026988
Mirziyoyev Vengriyada Jahon chempionati bahslarini tomosha qildi

 

Kecha Budapesht shahrida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an, Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan suhbatlashdi.

O'zbekiston prezidenti matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbatlar chog'ida ikki tomonlama amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yetakchilar jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha final bahsini tomosha qildilar.

Yengil atletika bo‘yicha XIX jahon chempionati Budapesht shahrining Yengil atletika milliy markazida 2023 yil 19 avgust kuni boshlangan bo‘lib, 27 avgustgacha davom etadi. Medallar sportning 49 turi bo‘yicha, shu jumladan erkaklar va ayollar o‘rtasida 24 tadan yo‘nalishda hamda aralash estafetada o‘ynalmoqda. Musobaqalarda 190 dan ziyod mamlakatdan 2 ming nafardan ortiq sportchi qatnashmoqda.

Chempionatda O‘zbekistondan 5 nafar atletimiz sportning balandlikka sakrash, uch xatlab sakrash, uzunlikka sakrash, yettikurash va marafon kabi turlarida kuch sinashmoqda.

G‘oliblar hamda olimpiya normativlarini bajargan sportchilar 2024 yilda Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.


Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev , #Vengriya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar