AnadoluJetning Anqara-Toshkent qatnovi tantanali marosim bilan kutib olindi

AnadoluJetning Anqaradan O‘zbekistonga amalga oshirgan ilk qatnovi mahalliy vaqt bilan soat 04:10 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi.

1976438
AnadoluJetning Anqara-Toshkent qatnovi tantanali marosim bilan kutib olindi

Turk Havo yo‘llarining (THY) quyi brendi AnadoluJetning Anqara-Toshkent qatnovini amalga oshirgan ilk samolyot, O‘zbekiston poytaxti Toshkentda tantanali marosim bilan kutib olindi.

Toshkent aeroportida suv sepib kutib olingan AnadoluJetning Anqaradan O‘zbekistonga amalga oshirgan ilk qatnovi mahalliy vaqt bilan soat 04:10 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi.

O‘zbekiston Harbiy bo‘lmagan aviatsiyasi Bosh direktori Tohir Nazarov, Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar va THYning Toshkentdagi ofisi rahbari Selim Kahriman samolyot zinapoyasi oldidagi lentani kesib, birinchi yo‘lovchilarni kutib oldi.

Matbuotga bayonot bergan elchi Olgan Bekar, Anqara va Toshkent oʻrtasidagi qatnovlar ilk bor amalga oshirilayotgani va buning bir haftada bir marta tashkil etilishini taʼkidlab, keyinchalik Oʻzbekiston aviatsiya kompaniyasi ham ushbu yoʻnalish boʻyicha qatnovlar boshlatishini kutib qolishlarini bildirdi.

Bekarning qayd etishicha ikkala davlatning aviatsiya shirkatlari bugungacha Istanbul bilan O‘zbekistonning Toshkent, Farg‘ona, Urganch, Samarqand va Buxoro shaharlari o‘rtasida havo qatnovlari uyushtirgan. AnadoluJet uyushtirgan Anqara-Toshkent qatnovi orqali ikki davlat o‘rtasida haftalik amalga oshirilgan havo qatnovlari soni 61ga chiqdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Anqara-Toshkent , #AnadoluJet , #Olgan Bekar

Aloqador xabarlar