Turk va o‘zbek korxonalari hamkorligida mintaqaning eng baland osmono‘par binosi qurilmoqda

O'zbekiston poytaxti Toshkentda turk va o‘zbek korxonalari hamkorligida mintaqaning eng baland osmono‘par binosi qurilmoqda.

1746604
Turk va o‘zbek korxonalari hamkorligida mintaqaning eng baland osmono‘par binosi qurilmoqda

Toshkent markazida 1,5 gektar maydonda qurilayotgan va balandligi 266,5 metr bo‘lgan Markaziy Osiyodagi eng baland binolardan biri bo‘ladigan osmono‘par bino taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Turkiyadagi turli gazetalar va O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan turk matbuot tashkilotlari xodimlari ishtirok etgan tanishtirish yig‘ilishida osmono‘par binoning loyiha sherigi O‘zguven asoschilaridan biri O‘zgur Onur O‘zguven qurilish jarayoni haqida ma’lumot berdi.

Toshkentning qoq markazida joylashgan loyiha tugagach, Oʻzbekistonning birinchi va eng baland osmonoʻpar binosi boʻlishini taʼkidlagan Oʻzguven, loyihaning ular uchun juda muhim ekanligini aytdi.

Osmono‘par binoning loyihalashtirilgan balandligi 266,5 metr bo‘lganligi va hozirda tashqi qoplama ishlari davom etayotganini ifoda etgan O‘zguven, loyihaning kelgusi yil yakunlanishi kutilayotganini bildirdi.

Qurilishi davom etayotgan osmono‘par binoning kvartira va ofis sotishlari davom etayotganligini ma’lum qilgan O‘zguven, Turkiya fuqarolari bilan bir qatorda ko‘plab turli mamlakatlardan mijozlari borligini aytdi.

Keyinroq turk jurnalistlari osmono‘par bino qurilishini ko‘zdan kechirdi.

 



Aloqador xabarlar