AQSh harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Amerika Qurolli Kuchlari Markaziy Qo‘mondonligi strategiya, rejalashtirish va siyosat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, brigada generali Dyuk Pirak boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

1615502

Bu haqda Mudofaa vazirligi  Axborot va ommaviy kommunikatsiyalaar departamenti xabar berdi.

Tashrif doirasida brigada generali Dyuk Pirak O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik sohasi va harbiy hamkorlikning holati, uning istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrifning keyingi kunlarida delegatsiya a’zolarini Samarqand shahrida joylashgan kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, tarixiy shaharning diqqatga sazovor joylariga sayohat rejalashtirilgan.  

Tanlangan kalimalar: #AQSh , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar