Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripov O'zbekistonga tashrif buyurdi

Poytaxt Toshkentda 25-26 mart kunlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

1608827
Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripov O'zbekistonga tashrif buyurdi

 

Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripov 25 mart kuni Toshkentga keldi. 

Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Poytaxt Toshkentda 25-26 mart kunlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.

O’zbekiston matbuoti xabar berishicha, tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat ob’yektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan.

Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.



Aloqador xabarlar