Lutfi Elvan boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif buyurdi

24 avgust kuni Toshkentda Turkiya Oliy majlisining rejalashtirish va byudjet komissiyasi raisi Lutfi Elvan bilan O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

1479574
Lutfi Elvan boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif buyurdi

 

Turkiya Oliy majlisining rejalashtirish va byudjet komissiyasi raisi Lutfi Elvan boshchiligidagi delegatsiya O’zbekistonga tashrif buyurdi.

Lutfi Elvan tashrif doirasida 24 avgust kuni O’zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan uchrashdi. Bo’lib o’tgan uchrashuvda yirik turk biznes vakillari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuvda turk va o‘zbek kompaniyalari ishtirokida bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, charm-poyabzal va avtomobil sanoati hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalarga investorlarni jalb etish doirasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, elektroenergetika, qurilish va to‘qimachilik kabi ustuvor sohalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun turk ekspert-maslahatchilarini jalb qilishda hamkorlik qilish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi.

Elektron hukumat tizimini joriy etish bo‘yicha Turkiya tajribasini qo‘llashni nazarda tutib davlat boshqaruvini raqamlashtirish doirasidagi hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi. Ushbu tashabbusni amalga oshirishning amaliy masalalarini hal qilish uchun ikki mamlakatning tegishli idora va vazirliklari rahbarlaridan iborat ishchi guruhni tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqildi.

Uchrashuv yakunida belgilangan yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi tuzildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Lutfi Elvan , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar