O‘zbekistonda yana 283 koronavirus infeksiyasi aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15 349 (+283) nafarni tashkil etmoqda.

1456767
O‘zbekistonda yana 283 koronavirus infeksiyasi aniqlandi

2020 – yil 17 – iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15 349 (+283) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqida mamlakatning Sog‘likni Saqlash vazirligi rasmiy veb – sayti orqali ma’lumot berdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra yangi kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 144 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqatda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 25 nafari Samarqand viloyatida, 21 nafari Surxandaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqatda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek hozirda O‘zbekistonda 8783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Qayd etilishicha 6490 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 58 nafari og‘ir, 7 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

 



Aloqador xabarlar