Qozog‘istonda 25 kishi, Qirg‘izistonda 10 kishi koronavirusdan vafot etdi

Qozog‘istonda 3-may holatiga ko‘ra, kasallikka chalinganlarning jami soni 3 877 kishiga yetdi, Qirg'izistonda esa 795 nafarni tashkil qilmoqda.

1409829
Qozog‘istonda 25 kishi, Qirg‘izistonda 10 kishi koronavirusdan vafot etdi

 

Qozog‘istonda 3-may holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 20 ta holat qayd etilib, kasallikka chalinganlarning jami soni 3 877 kishiga yetdi.

Mamlakatda COVID-19 infeksiyasi tarqala boshlagandan buyon 25 kishi virusdan vafot etdi, 995 nafar bemor sog‘aygan.

Qirg‘izistonda esa 3-may kuni koronavirusga chalinganlar soni 26 kishiga ko‘payib, 795 nafarga yetdi, bemorlarning 37 nafari sog’aydi.

Ma’lumotga ko’ra, virus yuqtirib olganlarning 7 nafari shifokorlardir. Shu kungacha koronavirus yuqtirib olgan shifokorlarning umumiy soni 207 kishiga yetdi.

Umumiy hisobda mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalingan 795 bemordan 564 nafari sog‘aygan, 10 nafari vafot etgan.

 



Aloqador xabarlar