Ozarbayjon Turkiyaga ta’ziya izhor etdi

Ozarbayjon nomidan Mudofaa vaziri Zakir Hasanov Turkiyaga ta’ziya izhor etdi.

1085722
Ozarbayjon Turkiyaga ta’ziya izhor etdi

Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zakir Hasanov, Hakkaridagi baza maydonida o'q-dori omborida yuz bergan portlash tufayli Milliy Mudofaa vaziri Hukusiy Akar va Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi Yashar Gulerga ta’ziya izhor etdi.

Hasanov ta’ziya maktubida, qardosh Turkiya Respublikasining Hakkari viloyatidagi bir o'q-dori omborida yuz bergan portlash oqibatida jon bergan va tan jarohati olgan askarlar borligi haqidagi ma’lumotni chuqur qayg’u bilan eshitganliklarini qayd etgan.

Ortidan, “Sizning dardingiz bizning dardimizdir” degan ifodalarga o’rin bergan Hasanov, shahid askarlar uchun Olloxdan rahmat, tan jarohati olgan askarlarga shifo tiladi.

 



Aloqador xabarlar