O'zbekistondan xabarlar 4-qism

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 yanvar kuni Jahon Banki bosh ijrochi direktori Kristalina Georgieva boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

894217
O'zbekistondan xabarlar 4-qism

O`zbekiston Prezidenti Jahon Banki delegatsiyasini qabul qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 yanvar kuni Jahon Banki bosh ijrochi direktori Kristalina Georgieva boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Bu haqda O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut delegatsiyasi tarkibidan Jahon Bankining vitse-prezidenti Siril Myuller, mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk, ijrochi direktori Verner Gruber hamda bankning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori ham o'rin oldi.

Uchrashuvda, Prezindent Mirziyoyev, Jahon Banki delegatsiyasini samimiy qutlar ekan, O`zbekiston va Jahon Banki guruhi o`rtasida mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlarida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan sheriklik izchil rivojlanib borayotganini alohida ta`kidladi.

Uchrashuvda, o'tgan yili Toshkent va Nyu-York shaharlarida bank rahbariyati bilan bo`lib o`tgan ochiq va amaliy uchrashuvlar o`zaro hamkorlikni kengaytirish, uni sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarishga xizmat qilgani qayd etildi.

Uchrashuvda 2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategiyasiga muvofiq O'zbekistonni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari doirasida sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Jahon Bankining uzoq muddatli moliyaviy resurslarini jalb qilgan holda investitsiya loyihalarini sifatli va o`z vaqtida tayyorlash, ularni samarali amalga oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Jahon Banki bosh ijrochi direktori Kristalina Georgieva O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Jahon Banki prezidenti Jim Yong Kimning ezgu tilaklarini etkazdi.

Jahon Banki vakillari mamlakatda amalga oshirilayotgan, barcha soha va yo`nalishlarni qamrab olgan islohot va o`zgarishlarning yangi bosqichiga yuksak baho berar ekan, bularning barchasi mamlakatning uzoq istiqbolga mo`ljallangan barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, aholi farovonligini izchil oshirishga mustahkam zamin bo`layotganini ta`kidladi.

Kristalina Georgieva Jahon Banki ustuvor milliy va mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish doirasida O`zbekiston Respublikasi bilan keng miqyosli sheriklikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

O`zbekiston Respublikasi Jahon Bankiga 1992 yilda a`zo bo`lgan bo'lib, o'zaro hamkorlikning o`tgan davrida umumiy qiymati 2,9 milliard dollardan ziyod imtiyozli kredit mablag`lari jalb qilindi. O'zaro xamkorlikda 30 dan ortiq loyiha amalga oshirildi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

        

Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi.

O'tgan xaftada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.

Bu haqda Tashqi İshlar Vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida BMT Bosh kotibining O`zbekistonga tashrifi va 2017 yil 10 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo`lib o`tgan uchrashuvi chog`ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O`zbekiston bilan BMT o`rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlari muhokama etildi.

Tomonlar shuningdek, kun tartibidan o`rin olgan BMT Xavfsizlik Kengashining "Ommaviy qirg`in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari" nomli tadbiri, vazirlar darajasidagi "Xavfsizlik va taraqqiyotning o`zaro bog`liq modeli sifatida Afg`oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo`lga qo`yish" mavzusi bo`yicha fikr almashdi.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo'shma Shtatlariga tashrifi doirasida AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Tomas Shennon bilan uchrashdi.

Suhbat davomida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh Prezidenti Donald Trampning 2017- yil 19- dekabrdagi telefon orqali batafsil muloqoti davomida ma`lum qilingan maqsadlarni amalga joriy etish doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy- gumanitar va boshqa sohalarda O`zbekiston-AQSh muloqotini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibining boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Komilov shuningdek, Vashingtonda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster bilan xam Afg`oniston bo`yicha muzokaralar o`tkazdi.  

O`zbekiston Tojikistonga temir yo`l tranzitiga chegirma taqdim qildi.

O`zbekiston o`z hududi orqali temir yo`l yuklari olib o`tilishi uchun Tojikistonga 30 foizdan 50 foizgacha chegirma taqdim qildi.

Bu haqda Tojikiston transport vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha, O`zbekiston tomoni bu haqda Tojik hamkasblarini telefonogramma bilan xabardor qilgan.

Bunga muofiq, Keles- Quduqli, Xo`jadavlat- Quduqli yo`nalishlari bo`yicha yuklarni tashishga 40 foiz chegirma beriladi.

Qoraqalpog`iston- Quduqli yo`nalishi bo`yicha neft mahsulotlarini tashish uchun chegirma 30 foizni, qolgan mahsulotlarga esa 50 foizni tashkil qiladi.

O`zbekiston xukumati avval ham Tojikistonga temir yo`l yuklari tranziti uchun 40 foizlik chegirma taqdim qilgan edi.

O`zbekiston- Tojikiston chegarasida bir qancha davlatlararo temir yo`l chegara o`tish joylari mavjud bo'lib, bu o`tish joylari Farg`ona, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan.

O`zbekiston va Tojikiston viza cheklovlarini bekor qilishga kelishib oldi.

O`zbekiston Turizmni rivojlantirish qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov, o'tgan xaftada O`zbekiston hukumati Tojikistonda bir qator uchrashuvlar o'tkazganligi aytar ekan, bu uchrashuvlarda qator kelishuvlarga erishilganligi takidladi.

Abduhakimov, mazkur kelishuvlarga asosan, ikki davlat o'rtasidagi vizalarni bekor qilish bo`yicha bitim O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mart oyida Tojikistonga amalga oshirishi kutilayotgan rasmiy safari davomida imzolanishini malum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, bu juda jiddiy qadam, va bu ishni amalga oshishini ikkala tomon xalqlari ham katta umid bilan kutishmoqda.

"Ishonchimiz komilki, qarindoshlarnikiga bo`ladigan safarlar miqdori ortadi, shuningdek bu tibbiy turizmning rivojlanishiga ham turtki bo`ladi, Tojikiston fuqarolari Samarqandga, Buxoroga va Xivaga kelishadi. Biz keladiganlar soni bir yilda 150-200 ming bo`lishini kutmoqdamiz", dedi Abduhakimov jurnalistlar bilan uchrashuvda.

Abduhakimovning so'zlariga qaraganda, ayni vaqtda tomonlar Samarqand, Buxoro va Dushanbe o`rtasidagi parvozlarni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishmoqda.

        

 



Aloqador xabarlar