Abdulaziz Kamilov Fransiya TIV Jan-Mark Ero bilan uchrashdi

Kecha 2017-yilning 15-apreli kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkentda Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero bilan uchrashdi.

713708
Abdulaziz Kamilov Fransiya TIV Jan-Mark Ero bilan uchrashdi

Kecha 2017-yilning 15-apreli kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkentda Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero bilan uchrashdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra 2017-yilning 29-marti kuni Parijda bo’lib o’tgan ikki tomonlama muzokaralarning davomi sifatida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O’zbekiston-Fransiya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilingan shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashilgan.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmatining rasmiy portalida qayd etilganidek, 2017-2018-yillar uchun imzolangan vazirliklararo Hamkorlik dasturi O’zbekiston va Fransiya o’rtasidagi keng qamrovli aloqalarni tizimli asosda rivojlantirish va mustahkamlashga imkon yaratadi.

Suhbat davomida vazirlar tomonidan 2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida o’zaro aloqalarni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, iyun oyining boshiga mo‘ljallangan “MEDEF Interneshnl” fransuz korxonalari harakati yetakchiligidagi ishbilarmon doiralar vakillarining O’zbekistonga tashrifi muvaffaqiyatli yakun topishidan tomonlarning manfaatdor ekanligi ta’kidlangan.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko’rib chiqilgan.

Uchrashuvda Fransiya Elchisi Violen Biyet de Vilmor ishtirok etgan.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar