Sochida aviahalokatga uchragan rus uchog’i yo’lovchilaridan biri o’zbekistonlik edi

Asli o’zbekistonlik bo’lgan Rossiyaning Bosh harbiy-dirijyori Valeriy Mihaylovich Halilov, aviahalokatga uchragan uchoqda jon bergan Aleksandrov nomidagi ansamblning rahbari edi.

638866
Sochida aviahalokatga uchragan rus uchog’i yo’lovchilaridan biri o’zbekistonlik edi
Valeriy Halilov

2016-yilning 25-dekabri kuni Moskvadan yo’lga chiqqan Tu-154 rusumidagi uchoq Rossiyaning Sochi shahrida yonilg'i quyganidan keyin Suriyaning Latakiya shahridagi rus harbiy bazasiga uchayotgan paytda halokatga uchragan edi.

Aviahalokatga uchragan huddi ana shu uchoq yo’lovchilaridan 68 nafari Rossiyaning taniqli A.B. Aleksandrov nomidagi harbiy ansambli artisti, 9 nafari esa jurnalist edi.

Aleksandrov harbiy ansamblining rahbari esa Rossiyaning mashhur harbiy musiqachilaridan biri Valeriy Mihaylovich Halilov edi. Valeriy Halilov esa aslida o’zbekistonlikdir. Aviahalokat yuz bergan kuni Halilov ham Tu-154 rusumidagi uchoq bortida edi.

General-leytenant Valeriy Halilov 1952-yilning 30-yanvari kuni bugungi O’zbekiston Respublikasining Surhandaryo viloyati, Termiz shahrida tug’ilgan. U 11 yoshida Moskvadagi musiqa maktabiga o’qishga kirgan. 1975-yili esa Chaykovskiy nomidagi konservatoriyaning Harbiy-dirijyorlik fakultetini yakunlagan.

Bundan roppa-rosa 14 yil muqaddam yani 2002-yili Rossiya qurolli kuchlarining harbiy-orkestr xizmatiga tayinlangan Valeriy Mihaylovich Halilov 25-dekabr kuni aviahalokatga uchragan Tu-154 uchog’ida bo’lgan A.B.Aleksandrov nomidagi ansamblga joriy yilning aprel oyidan beri rahbarlik qilib kelayotgan edi.



Aloqador xabarlar