Yevroosiyodan dolzarb mavzular 154-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida O’zbekistonda bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovi haqida so’z qilamiz.

630175
Yevroosiyodan dolzarb mavzular 154-qism

Aziz dasturimiz muxlislari, 2016-yilning 4-dekabri kuni O’zbekistonda Prezidentlik saylovi bo’lib o’tdi. Islom Karimovning vafoti ortidan O’zbekistonda muddatidan oldin Prezidentlik saylovini o’tkazish bo’yicha qaror qabul qilingan edi. O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug’bek Abdusalomov saylov kuni tush vaqtida, saylovchilarning yarmidan ko’pining tushgacha ovoz berib qaytganligi haqida ma’lumot berar ekan buning saylov natijalarining qabul qilinishi jihatidan katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tdi. Oqshom vaqtlarida matbuot anjumani uyushtirgan O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi, Prezidentlik saylovida saylovchilarning 87. 83 foizining boshqacha qilib aytganda, 17 million 941 ming 955 nafar saylovchining ishtirok etganligini e’lon qildi. Mirzo-Ulug’bek Abdusalomov bo’lib o’tgan saylov to’g’risida hech qanday ariza kelib tushmaganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.   

O’zbekistonda bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovida 4 nomzod ishtirok etdi. Ular O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonov, O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod Narimon Majidovich Umarov, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod Sarvar Sadullayevich Otamuratov va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev. Ushbu to’rt nomzoddan Xatamjon Ketmonov bilan Narimon Umarovning oldingi Prezidentlik saylovida marhum Islom Karimovga qarshi saylovda ishtirok etib Ketmonovning % 3, Umarovning esa % 2 foiz ovoz olgani barchaga ma’lum. 

Qariyb 32 millionlik aholiga ega bo’lgan O’zbekistonda qariyb 20.5 million saylovchi kiritilgan ro’yhatga. Saylov uchun O’zbekistonda 9383 ta saylov uchastkasi ochilgan. Chet eldagi o’zbekistonliklar uchun esa 44ta saylov uchastkasi faoliyati yo’lga qo’yilgan.  

Saylovni dunyoning qariyb 50 davlati bilan ular orasida Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Mustaqil davlatlar hamdo’stligi ham o’rin olgan tashkilotlardan qariyb 600 dan ortiq xalqaro kuzatuvchi kuzatib bordi.

Saylovda shuningdek, qariyb 1 300 mahalliy va chet ellik jurnalist ishtirok etdi.

Hurmatli dasturimiz kuzatuvchilari, partiya nomlarida “demokratiya” so’zi o’rin olgan partiya nomzodlari ishtirok etgan saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi va Bosh vazir Shavkat Miromonovich Mirziyoyev g’alaba qozondi. Mirziyoyev ushbu g’alabani saylovchilarning 88,61 foizlik ovozi bilan qo’lga kiritdi. Boshqa nomzodlar 2 foizdan 5 foizgacha ovoz toplay oldilar. Bu natija hamma kutgan natija edi aslida. Allaqachon O’zbekistonning ikkinchi prezidentining kim bo’lishi, sentabr oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi vakil tayin qilinar chog’ida balki, avgustning oxirgi kunlarida marhum Karimovning sog’ligi yomonlashgan vaqtlarda belgilab qo’yilgan edi. O’zbekistonlik rasmiylar hech qanday tartibsizlik kelib chiqmasligi uchun bu jarayonni muvaffaqiyatli ravishda boshqardi. Saylovning nihoyatda tinch-totuv, yuksak saviyada, ochiq va oshkora o’tishida buning hissasi katta desak mubolag’a bo’lmaydi.

O’zbekiston Prezidenti etib saylangan Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi vakil sifatida kelajakka doir o’zbek xalqiga umid bahsh etgan shaxdam qadamlar tashladi. Uzoq yillardan beri siyosiy sabablar yuzasidan qamoqxonada bo’lgan ba’zi shaxslar ozod etildi. Bu vaziyat O’zbekistonning ayniqsa, G’arb davlatlari bilan bo’lgan munosabatlariga ijobiy hissa qo’shadi. Mirziyoyev shuningdek virtual qabulxona ochib, xalqqa “hal etilmagan masalalar/ muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar” bilan bevosita o’ziga murojaat qilish imkonini berdi. Karimov davrida yakkalanib qo’lgan sant’atkor, sportchi va boshqa bir necha taniqli kishilar takror o’z yurtlariga yoki o’z kasblariga qaytish haqqiga ega bo’ldilar. Oxirgi 25 yil ichida O’zbekiston qo’shni davlatlari bilan yaxshi til topisholmadi. Chegara va suv muammolari kabi mintaqaviy masalalar O’zbekistonni qo’shnilari bilan bo’lgan munosabatini vaqti-vaqti bilan nochor vaziyatga tushirib ham qo’ydi. Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi vakil sifatida tayin qilinar-qilinmas qo’shni davlatlar bilan yaxshi til topishmoqchi ekanligini bayon etdi. Bu vaziyat, qo’shni davlatlar bilan bo’lgan munosabatga o’zining ijobiy hissasini qo’shdi. Mintaqaning muhim davlati hisoblangan O’zbekistonning kelajagi bundan buyon Shavkat Mirziyoyevning qo’lida. O’zbekistonda, oxirgi oylarda yuz bergan ijobiy voqealarning davom etib etmasligi, mamlakatning qanday yo’l tutishi 2017-yili o’zini yana-da yaqqolroq ko’rsatadi.

 

     

 



Aloqador xabarlar