Turizm O'zbekistonda iqtisodiyotning strategik sektoriga aylanadi

O'zbekistonda turizm iqtisodiyotning strategik sektoriga aylantiriladi. Bu O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasi sayyohlik sohasini rivojlantirishni tezlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmonida ko'zda tu

625726
Turizm O'zbekistonda iqtisodiyotning strategik sektoriga aylanadi

O'zbekistonda turizm iqtisodiyotning strategik sektoriga aylantiriladi. Bu O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasi sayyohlik sohasini rivojlantirishni tezlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmonida ko'zda tutilgan.

Farmon mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog'i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to'liq va samarali foydalanish, turizm tarmog'ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ'ibot qilish, turizm sohasida O'zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirishga yo'naltirilgan.

"Turizm sohasida ulkan imkoniyatlar mavjudligiga qaramay, O'zbekistonning turizm infratuzilmasi, turizm xizmatlari sifati va uning darajasi, shuningdek tarmoqni boshqarish tizimi globallashuv va keskin raqobat sharoitida zamonaviy talablarga mos kelmaydi. Turizmning mamlakat iqtisodiyotiga qo'shayotgan hissasi, xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish va aholini ish bilan ta`minlash jahondagi o'rtacha ko'rsatkichlardan orqada qolmoqda", deyilgan farmon sharhida.

Farmonda turizm sohasida davlat siyosatining sifat jihatdan yangi bosqichga o'tishini belgilab beradigan ushbu tarmoqni tubdan isloh qilish bo'yicha misli ko'rilmagan chora-tadbirlar nazarda tutiladi, quyidagi asosiy maqsadli vazifalar va ustuvor yo'nalishlar belgilanadi: 

- turizm industriyasi sub`yektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, turizmni rivojlantirishdagi barcha to'siq va g'ovlarga barham berish, viza va ro'yxatdan o'tkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish; 

 - turizm xizmatlarini tashkil etishda turistlar va ekskursantlarning hayoti va sog'lig'i xavfsizligini ta`minlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; 

 - turizmning yangi salohiyatli turlari – ziyorat qilish, ekologik, ma`rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog'lomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik, bolalar, yoshlar va oilaviy turizmni jadal rivojlantirish; 

- turizm sohasida xalqaro va milliy tashkilotlar, yirik xorijiy brendlar va kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm xizmati ko'rsatishning ilg'or jahon sifat standartlarini joriy etish; 

- respublika mintaqalarida turizm infratuzilmasining zamonaviy ob`yektlari, eng avvalo mehmonxonalar, transport-logistika tuzilmalari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish; 

- raqobatbardosh turizm mahsulotlarini ishlab chiqish, mintaqalarda yangi turizm yo'nalishlarini yaratish, ularni jahon turizm bozorlariga olib chiqish; 

- turizm tarmog'i uchun malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish. 

Davlat siyosatini samarali amalga oshirish, yuqorida ko'rsatib o'tilgan maqsadli vazifalar hamda ustuvor yo'nalishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida O'zbekston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tashkil etildi, uning mintaqalarda bo'limlari va vakolatli vakillari faoliyat olib boradi. 

Shuni alohida qayd etib o'tish kerakki, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining faoliyati eng avvalo nazorat va ma`muriyatchilik vazifalarini amalga oshirishga emas, balki turizm sohasidagi tadbirkorlik faolligini kuchaytirishga butun choralar bilan ko'maklashishga, turizmni rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan barcha g'ovlar va to'siqlarni bartaraf etishga, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirishga yo'naltiriladi. 

Farmonda turizm sohasida litsenziya berish, sertifikatlashtirish hamda boshqa ruxsatnomalar berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan davlat tomonidan boshqariladigan bir qator prinsipial yangi mexanizmlar belgilab qo'yildi. 

Jumladan, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab turizm faoliyatiga litsenziya berish vazifasi Vazirlar Mahkamasidan yangi tashkil qilingan davlat qo'mitasiga o'tkaziladi, bunda mehmonxonalar va odamlar yashaydigan boshqa joylarning litsenziya olishlari to'g'risidagi talab bekor qilinadi. O'z navbatida 2018 yildan boshlab xorijiy turistlarga xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari va avtotransport korxonalarini xorijiy turistlarning hayoti va sog'lig'i xavfsizligini ta`minlash maqsadida majburiy sertifikatlash joriy etiladi. 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Sayyoh , #Turim

Aloqador xabarlar