Nazarboyev Trampning g'alabasiga o'z munosabatini bildirdi

Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, AQShda Donald Tramp davrida Amerika hukumati bilan jahon yetakchilari o'rtasida ijobiy muloqot boshlanishini taxmin qiladi.

610472
Nazarboyev Trampning g'alabasiga o'z munosabatini bildirdi

 

Nazarboyev Trampning g'alabasiga o'z qarashini bildirdi.

Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, AQShda Donald Tramp davrida Amerika hukumati bilan jahon yetakchilari o'rtasida ijobiy muloqot boshlanishi taxmin qilmoqda.

“AQShda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovi natijalari ijobiy o’zgarishga umid paydo qiladi. Men birinchi galda dunyoning qudratli mamlakatlari o'rtasida hamkorlikning qayta boshlanishi va ularning o'rtasidagi asosiy qarama-qarshilikka barham berilishi mumkinligini nazarda tutmoqdaman”, - deydi Nazarboyev.

“Men, janob Trampning Qozog'istonga qanchalik foydasi tegishini ham bilmayman. Ammo, siyosatchilar va dunyo bir-birini o'zaro anglash uchun intilishlari kerak, deb o'ylayman. Shimoliy Koreya, Suriyada bo'layotgan voqea-hodisalar va bizlarning terrorchilar nishonida turganimiz, buyuk davlatlar o'rtasida o'zaro ishonch yo'qligi sababli yuz bermoqda. Terrorizmga qarshi dunyoning barcha davlatlari birlashmas ekan, yengib bo'lmaydi”, - deydi Nazarboyev.



Aloqador xabarlar