Tojikistonga gumanitar yordam safarbarligi boshlandi

Tojikiston joriy yilning birinchi choragida 32 davlatdan jami 11.4 mln dollar atrofida 6.2 ming tonna gumanitar yordam qabul qilib oldi.

477784
Tojikistonga gumanitar yordam safarbarligi boshlandi

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlar ichida eng kambag’al davlatlardan biri bo’lgan Tojikistonga gumanitar yordam safarbarligi boshlandi.

Tojikiston Davlat statistika tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, Tojikiston joriy yilning birinchi choragida 32 davlatdan jami 11.4 mln dollar atrofida 6.2 ming tonna gumanitar yordam qabul qilib oldi.

Tojikistonga gumanitar yordam ko’rsatgan davlatlar: Xitoy, Rossiya, Pokiston, Hindiston, Daniya, Turkiya, Ozarbayjon, Fransiya, Tayland, Gollandiya va Amerika Qo’shma Shtatlari.

Tojikiston 2015 yili dunyoning 42 davlatidan jami 45 mln dollar qiymatida gumanitar yordam olgan edi.

Tojikistonga gumanitar yordam ko’rsatgan davlatlar ro’yxatida Germaniya, Xitoy va Rossiya dastlabki o’rinlardan joy olmoqda.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar