AQSh kotibi John Kerry Tojikistonda...

AQSh kotibi John Kerry kecha Tojikiston Davlat rahbari Imomali Rahmonov tomonidan qabul qilindi.

410093
AQSh kotibi John Kerry Tojikistonda...

AQSh kotibi John Kerry O’rta Osiyo safari chog’ida Tojikistonda bo’ldi.
Kerry kecha Tojikiston Davlat rahbari Imomali Rahmonov tomonidan qabul qilindi.
Prezidentlik saroyida bo’lib o’tgan qabul chog’ida, ikki davlat o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, tijoriy, ta’lim va madaniyat sohalari bo’yicha hamkorlik imkoniyatlari ko’rib chiqildi.
Qolaversa, xalqaro terrorizmga qarshi kurash va Afg’onistondagi vaziyat muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so’ng o’tkazilgan mushtarak matbuot anjumanida, John Kerry Tojikistonning elektr energiyasini ta’minlashda muammolarga duch kelganini va gidroelektr stansiyasini qurish bo’yicha O’zbekiston bilan kelishmovchilik borligini tilga oldi.
Tojikiston Davlat rahbari bilan elektr energiyasini ta’minlash yo’llari bo’yicha fikr almashganini bildirgan Kerry, “5 yil ichida amalga oshiriladigan loyiha asosida Tojikistonning energiya talabiga javob beriladi hamda Tojikistondan Afg’onistonga energiya eksport qilish mumkin bo’ladi”-dedi.
Kerryning aytishicha, Tojikiston Afg’onistonga qo’shni davlat bo’lgani sababli Amerika uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
AQSh kotibi John Kerry O’rta Osiyo safari doirasida Tojikistondan oldin Qozog’iston va Turkmanistonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar