Abdullah Gul Qirg’iziston Davlat nishoniga loyiq deb topildi

Qirg’iziston Prezidentlik matbuot markazi ma’lum qilishicha, Prezident Almazbek Atambayev Turkiyaning 11-Prezidenti Abdullah Gulga Danaker Davlat nishoni berilishiga doir qarorni imzoladi.

119471
Abdullah Gul Qirg’iziston Davlat nishoniga loyiq deb topildi

Turkiyaning sobiq Prezidenti Abdullah Gul Qirg’iziston Danaker Davlat nishoniga loyiq deb topildi.
Qirg’iziston Prezidentlik matbuot markazi ma’lum qilishicha, Prezident Almazbek Atambayev Turkiyaning 11-Prezidenti Abdullah Gulga Danaker Davlat nishoni berilishiga doir qarorni imzoladi.
Atambayev Abdullah Gulning Prezidentlik lavozimini yuritgan davr mobaynida Qirg’iziston bilan Turkiya o’rtasidagi hamkorlik har sohada mustahkamlanganini va tobora rivojlanib yangi strategik darajaga ko’tarilganini aytib o’tdi.
Atambayev Turkiy tilda so’zlashgan davlatlar kengashi doirasida turkiy xalqlar o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlashtirishda shahsan Abdullah Gulning hissalari katta ekaniga e’tibor qaratdi.

Abdullah Gul Qirg’izistonning do’sti ekanini tilga olgan Atambayev, unga uzoq umr, baxt-saodat va sog’lik-omonlik tiladi.
Danaker Davlat nishoni 1999 yildan beri prezident tomonidan xalqlar o’rtasida tinchlik, do’stlik va hamkorlikka katta hissa qo’shgan davlat arboblariga beriladi.
2010 yili Qirg’izistonda hukumat almashgach, Prezident Roza Otunbayeva Qirg’iziston xalqiga va davlatiga ko’rsatgan yordamlari tufayli Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’anga Danaker Davlat nishonini taqdim etgan edi.


 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar