Osiyo chempionatiga tayyorgarlik Turkiyada olib boriladi

Bugun – 27 yanvar kuni velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi.

1769369
Osiyo chempionatiga tayyorgarlik Turkiyada olib boriladi

 

Bugun – 27 yanvar kuni velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi.

Bu haqda O'zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

2 oy davom etadigan musobaqada o'zbek sportchilari "Tashkent city professional cycling team" va "Tashkent city woman professional cycling team" jamoalari tarkibida ishtirok etadi.

Joriy yilning 21 martiga qadar davom etadigan  musobaqalarda o'zbek velosportchilari turli yo‘nalishdagi 30 ta poygalarda qatnashishi kutilmoqda.

Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqa mamlakat sportchilari uchun joriy yilning ikkinchi choragida Tojikistonda shosse bo‘yicha o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston

Aloqador xabarlar