O’zbekiston Antaliyada shashka bo‘yicha jahon chempionati g'olibi bo'ldi

10 ta davlatning 200 nafarga yaqin shashkachilari qatnashgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

2147835
O’zbekiston Antaliyada shashka bo‘yicha jahon chempionati g'olibi bo'ldi

 

Turkiyaning Antaliya shahrida shashka bo‘yicha ko‘zi ojiz hamda ko‘rish qobiliyati zaif sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O’zbekistonning iqtidorli shashkachilari muvaffaqiyatga erishdi.

10 ta davlatning 200 nafarga yaqin shashkachilari qatnashgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Jahon chempionati musobaqalarida 14 ta medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston shashkachilar jamoasi Toshkentdagi “Islom Karimov” nomidagi xalqaro aeroportda Sport vazirligi, O‘zbekiston shashka federatsiyasi hamda tegishli tashkilot mutaxassislari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali kutib olindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar