Fransiyada qizg’in pallaga kirgan EURO-2016ning oxirgi turi davom etmoqda

Kecha EURO-2016 3-turidan o’rin olgan dastlabki uchrashuvlar yakunlandi.

514315
Fransiyada qizg’in pallaga kirgan EURO-2016ning oxirgi turi davom etmoqda

Fransiyada qizg’in pallaga kirgan Futbol bo’yicha 2016-yilgi Yevropa chempionati guruhlarining uchunchi va oxirgi tur musobaqalari davom etmoqda.

Kecha EURO-2016 3-turidan o’rin olgan dastlabki uchrashuvlar yakunlandi.

Unda “A” guruhidan Shveytsariya-Fransiya musobaqasida hisob ochilmadi.

Ruminiya-Albaniya bahsida albaniyaliklar Ruminiya termasini 1-0 hisobiga mag’lub qildi.

Ushbu g’alaba futbol bo’yicha Yevropa chempionatida Albaniya tarixidagi birinchi g’alaba hisoblanadi.

“A” guruhidagi ilk 2 o’rinni qo’lga kiritigan Fransiya va Shveytsariya keyingi turda ishtirok etish haqqini qo’lga kiritgan jamoalar ro’yhatiga kiritildi.

“B” guruhida bugun Rossiya bilan Uels; Slovakiya bilan esa Angliya terma jamoalari to’p suradi.

Turkiya vaqti bilan soat 22:00 da boshlaydigan Slovakiya-Angliya bahsi TRT 1; Rossiya-Uels bahsi esa TRT SPOR telekanali orqali jonli olaroq tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.  

“B” guruhidagi 3-tur musobaqasidan oldin Angliya 4 ball bilan birinchi o’rinda, Uels va Slovakiya 3 ball bilan 2-o’rinda. Oxirgi o’rindagi Rossiyaning esa 1 balli bor.

 

 


Tanlangan kalimalar: #EURO-2016 , #Fransiya , #futbol

Aloqador xabarlar