Ertangi Chexiya-Turkiya bahsini William Collum boshqaradi

Turkiya Milliy futbol terma jamoasi EURO-2016 turnirining “D” guruhi 3-tur musobaqasida ertaga Chexiya bilan uchrashadi.

514583
Ertangi Chexiya-Turkiya bahsini William Collum boshqaradi

Yevropa Futbol chempionligidagi raqibi Xorvatiya (1-0) va Ispaniya (3-0) musobaqalarini mag’lubiyat bilan yakunlagan Turkiya terma jamoasi guruhdagi oxirgi musobaqasida Chexiya bilan bellashadi.

Milliy jamoa ertangi raqibini mag’lubiyatga uchratib boshqa guruhlar o’rtasida o’tkazilgan natijalarga ko’ra eng yaxshi 4 guruhning uchunchisidan biri bo’lib, keyingi turga o’tish niyatida.

Fransiyaning Lans shahrida joylashgan “Bollaert-Delelis” nomidagi stadionda bo’lib o’tadigan musobaqa Turkiya vaqti bilan soat 22:00 da boshlaydi.

Chexiya-Turkiya musobaqasini Shotlandiya futbol assotsiatsiyasi hakami William Collum boshqaradi.



Aloqador xabarlar