Yunoniston Basketbol milliy terma jamoasi kapitani Fotsis Turkiya fuqarosi bo'ldi

Yunon millatiga mansub Antonis Fotsis Turkiyada o'zi xohlagan basketbol jamoasida “Turk milliy sportchisi" sifatida musobaqalarga ishtirok etishi mumkin.

467058
Yunoniston Basketbol milliy terma jamoasi kapitani Fotsis Turkiya fuqarosi bo'ldi

Yunoniston Basketbol milliy terma jamoasi kapitani va Panathinaikos sportchisi Antonis Fotsis Turkiya fuqaroligiga qabul qilindi.

35 yoshdagi yunon sportchi Antonis Fotsis Turkiya Respublikasi fuqaroligiga o'tish uchun Afinadagi Turkiya bosh konsulligiga murojaat qilgan edi.

Murojaati qabul bo'lgan Antonis Fotsisning o'tgan yili vafot etgan onasi ham Turkiya fuqarosi edi.

Antonis Fotsis mana shunday qilib, Turkiyada o'zi xohlagan basketbol jamoasida “Turk milliy sportchisi" sifatida musobaqalarga ishtirok etishi mumkin.

Qolaversa, u bundan buyon Turkiya fuqarosi bo'lgan yunon millatiga mansub basketbolchi sifatida taniladi.



Aloqador xabarlar