Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutko o'z vazifasidan iste'fo etishga tayyor...

Rossiyada sportning bir qator turlari bo'yicha taniqli sportchilarning doping iste'mol qilgani fosh qilinishi bilan Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutko o'z vazifasidan iste'fo etishga tayyor ekanini ma'lum qilgan.

456226
Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutko o'z vazifasidan iste'fo etishga tayyor...

Rossiyada man qilingan modda-meldoniy iste'mol qilgan sportchilar soni tobora ortib bormoqda.

Sportning bir qator turlari bo'yicha taniqli sportchilarning doping iste'mol qilgani fosh qilinishi bilan Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutko o'z vazifasidan iste'fo etishga tayyor ekanini ma'lum qilgan.

Putin bunga qaramasdan Mutkoning ayni lavozimda xizmatini davom ettirishi kerakligini bildirar ekan, 8 yildan beri mamlakatda Sport vaziri lavozimida xizmat ko'rsatgan Mutko, mahalliy matbuotga bergan bayonotida kerak bo'lsa, o'z vazifasidan iste'fo etishga tayyor ekanini tilga olgan.

Rossiya Kurash Federatsiyasi rahbari Mihail Mamiashviliga ko'ra, bugungacha analizlari yaxshi chiqqan 18 nafar rus sportchi va 10dan ziyod kurashchi shubha ostida qolgan va 5 avgustda boshlanadigan Rio Olimpiadalari oldidan musobaqalardan man etilish tahlikasiga uchragan sportchilar ruhiy tushkunlikka tushgan.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #sport , #tennis , #meldoniy , #doping

Aloqador xabarlar