Turkiya-Gretsiya futbol musobaqasi bugun Istanbulda o’tkaziladi

Turkiya bilan Gretsiya Bosh vazirlari Ahmet Davuto’g’li bilan Aleksis Tsipras, ikki davlatning milliy terma jamoasi o’rtasidagi do’stlik musobaqasini birgalikda tomosha qiladilar.

366790
Turkiya-Gretsiya futbol musobaqasi bugun Istanbulda o’tkaziladi

Turk milliy futbol terma jamoasi, tayyorgarlik musobaqasida bugun Istanbulda Gretsiya bilan bellashadi. Milliy terma jamoasiga birinchi marotaba mezbonlik qiladigan va 17.300 nafar tomoshabinni o’z ichiga oladigan Bashakshehirdagi Fatih Terim nomidagi stadionda bo’lib o’tadigan musobaqaning chiptalari tugadi.

Turkiya vaqti bilan 20:15da boshlaydigan musobaqani italiyalik hakam Paolo Valeri olib boradi. Gianluca Cariolato bilan Alessandro Giallatini Valeriga yordam berar ekan, Tolga O’zkalfa musobaqaning to’rtinchi hakami olaroq ishtirok etadi.

Turkiya bilan Gretsiya Bosh vazirlari Ahmet Davuto’g’li bilan Aleksis Tsipras, ikki davlatning milliy terma jamoasi o’rtasidagi do’stlik musobaqasini birgalikda tomosha qiladilar.

Turk milliy futbol terma jamoasi treneri Fatih Terim rahbarligidagi Turk milliy futbol terma jamoasi nomzod futbolchilari quyidagicha:

Go’khan Go’nul, Shener O’zbayrakli, Mehmet Topal, Ozan Tufan, Alper Potuk (Fenerbahche), Emre Cholak, Yasin O’ztekin (Galatasaray), Ismail Ko’ybashi, Oljay Shahan, Og’uzhan O’zyakup, Jenk Tosun (Beshiktash), Fehmi Mert Gunok, Emre Tashdemir (Bursaspor), Hayrullah Mert Akyuz (Adanaspor), Volkan Babajan (Medipol Bashakshehir), Ahmet Chalik (Genchlerbirligi), Atinç Nukan (RB Leipzig), Hakan Chalhanog’lu (Bayer Leverkusen), Okay Yokushlu (Trabzonspor), Arda Turan (Barcelona), Yunus Malli (Mainz 05), Kaan Ayhan (Schalke 04), Chag’lar So’yunju (Altınordu).

Gretsiya milliy futbol terma jamoasi treneri Michael Skibbe rahbarligidagi Gretsiya milliy futbol terma jamoasi nomzod futbolchilari quyidagicha:
Orestis Karnezis (Udinese), Stefanos Kapino (Olympiakos), Markos Vellidis (PAS Giannina), Georgios Tzavellas (PAOK), Konstantinos Manolas (Roma), Evangelos Moras (Hellas Verona), Sokratis Papastathopoulos (Borussia Dortmund), Jose Holebas (Watford), Loukas Vyntra (Hapoel Tel Aviv), Vassileios Torosidis (Rim), Kyriakos Papadopoulos (Bayer Leverkusen), Dimitrios Siovas (Olympiakos), Stelios Kitsiou (PAOK), Alexandros Tziolis (PAOK), Andreas Samaris (Benfica), Panagiotis Tachtsidis (Genoa), Sotiris Ninis (Panathinaikos), Athanasios Petsos (Rapid Wien), Dimitrios Pelkas (PAOK), Konstantinos Mitroglou (Benfica), Stefanos Athanasiadis (PAOK), Nikolaos Karelis (Panathinaikos), Apostolos Giannou (Asteras Tripolis), Christos Aravidis (AEK), Konstantinos Fortounis (Olympiakos).


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar