Turkiya milliy qilichbozlari oltin va bronza medal sohibi bo’ldi

Bolgariyada o’tkazilgan Yevropa Yulduzlar turnirida Turkiya milliy qilichbozi Yalin Shahin Ukrainalik raqibini 15-10 hisobida mag’lub etib, oltin medal sohibi bo’ldi.

414049
Turkiya milliy qilichbozlari oltin va bronza medal sohibi bo’ldi

Bolgariyada o’tkazilgan Yevropa Yulduzlar turniriga qatnashgan Turkiya milliy qilichbozlari oltin va bronza medal sohibi bo’ldi.
Turnirda Turkiya milliy qilichbozi Yalin Shahin Ukrainalik raqibini 15-10 hisobida mag’lub etib, oltin medal sohibi bo’ldi.
Erkaklar bo’yicha qilichboz jamoalari musobaqalarida esa, Turkiya milliy qilichboz jamoasi 3-o’rinni egalladi.
Qilichbozlar Yalin Shahin, Atakan Islam Hezer, Mehmet Fatih Ant va Muhammad Anasizdan tashkil topgan milliy jamoa yarim final musobaqasida Ukraina qilichbozlar jamoasini 45-43 hisobida mag’lub etib, bronza medal sohibi bo’ldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar