FIFA Jahon kubogi finali g'olibi Nigeriya...

TRT-3 Sport kanali orqali jonli efirga uzatilgan matchda Nigeriya futbol terma jamoasi Mali terma jamoasini 2-0 hisobida mag’lub etdi.

413937
FIFA Jahon kubogi finali g'olibi Nigeriya...

Kecha Chilida Afrika davlatlari milliy futbol terma jamoalari o’rtasida bo’lib o’tgan FIFA 17 yoshdan kichiklar o’rtasida Jahon kubogi finalida Nigeriya terma jamoasi g’alaba qozondi.
TRT-3 Sport kanali orqali jonli efirga uzatilgan matchda Nigeriya futbol terma jamoasi Mali terma jamoasini 2-0 hisobida mag’lub etdi.
Turnirning eng yaxshi futbolistiga berilgan “Oltin to’p” mukofoti Nigeriya jamoasi kapitani Kelechi Nwakaliga topshirildi.
Bundan tashqari, Nigeriya terma jamoasidan Viktor Osimhen “Kumush to’p” mukofoti, Mali terma jamoasi kapitani Aly Malle esa, “Bronza to’p” mukofoti sohibi bo’ldi.
G’ol qroliga berilgan “Oltin Krampon” mukofoti Nigeriya jamoasidan Viktor Osimhenga (10 go’l), “Kumush krampon” mukofoti Germaniya terma jamoasidan Johannes Eggesteinga (4 go’l) va “Bronza krampon” mukofoti Nigeriya terma jamoasidan Kelechi Nwakaliga (3 go’l) topshirildi.
Turnirning eng yaxshi darvozaboniga berilgan “Oltin qo’lqop” mukofoti esa, Mali terma jamoasi futbolisti Samuel Diarraga topshirildi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar