Matbuot sharhlari 02.05.2024

Erdog'an kecha ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ishchilarga murojaat qilib, shunday dedi: U “Yurtimizda va butun dunyoda nishonlanadigan 1-may Mehnat va birdamlik kuni bilan tabriklayman.

2134361
Matbuot sharhlari 02.05.2024

 

Star gazetasi: Erdo’g’an 1-May Mehnat va birdamlik bayramini nishonladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an 1-May Mehnat va birdamlik bayramini nishonladi. Erdog'an kecha ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ishchilarga murojaat qilib, shunday dedi: U “Yurtimizda va butun dunyoda nishonlanadigan 1-may Mehnat va birdamlik kuni bilan tabriklayman. Halol rizq izlayotgan barcha ishchilar va mehnatkash birodarlarimga salom va muhabbatimni yo‘llayman.

Hurriyet: Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan: Isroilga qarshi ochilgan genotsid ishiga aralashishga qaror qildik. Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, kecha poytaxt Ankarada Indoneziya tashqi ishlar vaziri Marsudi bilan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida bayonot berdi. Fidan 'Buni birinchi marta shu yerda e'lon qilmoqchiman. “Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi Xalqaro sudda ochilgan ishiga aralashishga qaror qildik”, dedi u.

Vatan: Jevdet Yilmaz O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev bilan uchrashdi.

Vitse-prezident Jevdet Yilmaz rasmiy uchrashuvlar o‘tkazish uchun borgan O‘zbekistonda Prezident Shevket Mirziyoyev bilan uchrashdi. Vitse-prezident Yilmaz, “Til, fikr va ishda birlik” shiori bilan O’zbekiston bilan mavjud do’stlik va qardoshligimizni mushtarak tarixiy va madaniy aloqalarimiz doirasida mustahkamlashda davom etamiz” dedi.

Sabah gazetasi: Qora dengizda tabiiy gazdan keyin neft Energiya va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Turkiyaning energiya mustaqilligi maqsadi haqida ajoyib bayonotlar berib, yangi xushxabar berdi. Vazir Bayraktar, "Iyun oyida Sakarya gaz maydonining janubida neft qudug'i qazamiz. Sino’p, Trabzon va Rize qirg'oqlari yaqinidagi joylarni ham aniqladik" dedi.

Xabar Turk gazetasi: Kruiz yo'lovchi tashish 61 mingdan oshdi

Turkiyaga kelgan yo'lovchilar, Turkiyadan boshqa o'lkalarga ketadigan va tranzit yo'lovchilar bilan birga kruiz kemasi yo'lovchilari soni joriy yilning birinchi choragida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 79,15 foiz ortib, 61 ming 113 nafarga yetdi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar