Matbuot sharhlari 15.05.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2139940
Matbuot sharhlari 15.05.2024

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an eng yo‘qtirilgan lider deb topildi. G‘arbiy Bolqon o‘lkalari Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Serbiya va Kosovoda olib borilgan so‘rovda Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning mintaqa xalqi tomonidan eng ko‘p yo‘qtirilgan lider ekani qayd etildi.

Hürriyet gazetasi: Hakan Fidan Isroil ishg‘olchi kuch ekanini ta’kidladi. Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Isroilning ishg‘olchi kuch ekanini ta’kidlab, G‘azodagi vaziyatni nazarda tutgan holda: “Bu yerdagi urush o‘z - o‘zidan boshlanmadi”, - dedi. Xamasning terror tashkiloti emasligini ta’kidlagan Fidan, “Xamas, qarshilik harakatidir”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yenişafak gazetasi: “Naxchivon tabiiy gazi bu yili qishda Turkiya orqali yetkazib beriladi. Turkiya Respublikasi Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Turkmaniston tabiiy gazi Ozarbayjon va Gruziya orqali Turkiyaga yetkazib berilishini o‘z ichiga olgan Turkiya - Ozarbayjon tabiiy gaz sohasida hamkorlik shartnomasini imzolash marosimida ishtirok etdi. Unda nutq so‘zlagan Bayraktar, “Naxchivonning tabiiy gazi bu yil Turkiya orqali yetkazib beriladi. Bu liniyani (Ig‘dir - Naxchivon) eng qisqa vaqtda ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz”. – deya gapirdi.

Star gazetasi: Kajir: 24 metr va undan uzun yaxta buyurtmasi borasida dunyoda to‘rtinchi o‘rindamiz. Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir, Turkiya 2023 - yil holatiga ko‘ra 24 metr va undan uzun bo‘lgan yaxta buyurtmalarida 73 ming 11 ming yalpi tonna bilan dunyoda to‘rtinchi o‘rinda ekanini bildirdi.

Vatan gazetasi: Uralo‘g‘lu: «TÜRKSAT 6A» qachon uloqtirilishini ma’lum qildi. Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘lu, «TÜRKSAT 6A» ning joriy yil iyun oyi boshida AQShga yuborilishini bildirib: “Eng erta sakkizinchi, eng kech o‘n to‘rtinchi iyul kunlari uloqtiriladi degan fikrdamiz”, - dedi.

 



Aloqador xabarlar