Matbuot sharhlari 26.12.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2081027
Matbuot sharhlari 26.12.2023

Haber Türk gazetasi: Sabiha Go‘kchen aeroporti yiliga 85 million yo‘lovchiga xizmat beradi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Istanbuldagi «Sabiha Go‘kchen» nomidagi aeroportining ikkinchi uchish - qo‘nish yo‘lagining ochilish marosimida bayonot berdi. Prezident Erdo‘g‘an unda, “Yangi yo‘lagimizni qo‘nish, eski yo‘lagimizni esa uchish uchun ishlatamiz. Foydalanish quvvati ikki barobar ortadi. Yangi uchish - qoʻnish yoʻlagi bilan yiliga 85 milliondan ortiq yoʻlovchi qabul qilinadi”. – dedi.

Hürriyet gazetasi: “Erdo‘g‘an: “Bizni terror bilan yiqita olmaydılar”. Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyaning taraqqiyotini terror orqali to‘xtatmoqchi bo‘lganlarga e’tibor qaratib bu haqida: “Bizni terror bilan qo‘rqitmoqchi bo‘lganlarni shu so‘zlar bilan ogohlantirmoqchiman. 21 yildan beri har qanday yo‘lni sinab ko‘rdingiz ammo muvaffaqiyatga erisha olmadingiz. Turkiya asriga ham monelik qila olmaysiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sabah gazetasi: Terror tashkilotiga og‘ir zarba berildi. Terrorizmga qarshi kurash qat’iy qaror bilan davom etmoqda. Turk Qurolli kuchlari terror unsurlarini havodan va quruqlikdan qamal ostiga oldi. Suriya va Iroqdagi terror tashkiloti a’zolariga qarshi bomba tashlandi va havo va quruqlik orqali uyushtirilgan mazkur hujum oqibatida PKK terror tashkilotiga a’zo 56 terrorist yo‘q qilindi.

Yeni Şafak gazetasi: “1 – yanvar kuni ertalab hamma Galata ko prigiga boradi”. Turkiyadagi 308 ta nodavlat notijorat tashkilot, shahidlar bilan G‘azo uchun bugungacha misli ko‘rilmagan norozilik namoyishi uyushtirihsga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu tarixiy harakatda minglab inson, 2024 - yilning 1 - yanvari kuni ertalab Istanbuldagi Galata ko‘prigida uchrashadilar.

Hürriyet gazetasi: «Turklar tomonidan ishlab chiqarilgan mobil o‘yin dunyo kun tartibida.» Turkiya o‘yin dunyosida yetakchi davlatga aylanar ekan, turk firmalarning muvaffaqiyati kun tartibida qolishni davom etmoqda. Istanbulda joylashgan «Dream Games» tomonidan ishlab chiqilgan «Royal Match» mobil o‘yini, o‘zining mashhur raqibi «Candy Crush»dan o‘zib, eng ko‘p daromad qo‘lga kiritgan o‘yinga aylandi.

 



Aloqador xabarlar