Matbuot shahlari 23.06.2023

Hurriyet: “Shimshekdan kuch va ishonch” Xaznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek, “Dollarlashtirish balosidan qutulish uchun Turk lirasining barqarorligi va xavfsizligi eng samarali yechimdir” dedi.

2003358
Matbuot shahlari 23.06.2023

 

Hurriyet: “Shimshekdan kuch va ishonch”

Xaznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek, “Dollarlashtirish balosidan qutulish uchun Turk lirasining barqarorligi va xavfsizligi eng samarali yechimdir” dedi.

Shimshek, “Turkiya asrining” asosiy falsafasi barqarorlik, ishonch va barqarorlik degan uch tushunchada mujassamlanganini taʼkidladi.

Vatan: “Markaziy bankning jami zahiralari ortdi”

Turkiya Respublikasi Markaziy banki (TCMB) haftalik pul va bank statistikasini e’lon qildi.

Shunga ko'ra, Markaziy bankning jami zaxiralari 16-iyun kuni yakunlangan haftada 3 milliard 18 million dollar ortib, 102 milliard 801 million dollarga yetdi.

Haber Turk: "Fitch prognozi, Turkiya kelasi yil 3 foizga o'sadi"

Xalqaro kredit reyting agentligi Fitch Ratings, Turkiyaning bu yilgi o'sish kutilmasining 2,5 foiz, kelasi yil uchun esa 3 foiz o'sish bo'lganini bildirdi.

Hisobotda 2025-yilda 3,8 foiz o‘sish sur’ati prognoz qilinayotgani ta’kidlangan.

Star: “Turkiyaning 2023 yildagi maqsadi 60 million turist”

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso’y, “2023-yilda 60 million sayyoh va 56 milliard dollar daromad olishni maqsad qilganmiz.

Bundan tashqari, 2023-yilda Mishel qoʻllanmasiga Turkiyadan yana bir nechta yoʻnalishlarni qoʻshmoqchimiz.'

Yeni Shafak: “Turkiya ilm-fan va texnologiya sohasida boshqa davlatlarga o’rnak bo’ldi”

Turkiya Ilmiy va texnologik tadqiqot kengashi (TUBITAK) prezidenti professor Doktor Hasan Mandal, Turkiyaning ayniqsa ilm-fan va texnologiya sohasida ko’rish darajasi ortganligini aytdi.

  Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Turkiyaning muvaffaqiyatini yaqqol ko’rganini va qadrlaganini va boshqa davlatlarga o’rnak bo’lganini aytdi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar