Matbuot sharhlari 12.06.2023

Kipr  Rum  ma'muriyati prezidenti Nikos Christodoulides, Prezident Erdo'g'anning saylovdagi g'alabasidan keyin Turkiyaga chaqiriq berib muzokaralarni qayta boshlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

1998249
Matbuot sharhlari 12.06.2023

 

Star "Biz muzokaraga tayyormiz"

Kipr  Rum  ma'muriyati prezidenti Nikos Christodoulides, Prezident Erdo'g'anning saylovdagi g'alabasidan keyin Turkiyaga chaqiriq berib muzokaralarni qayta boshlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Haberturk “Bu yil TANAP’dan Turkiyaga 10,2 milliard kub metr gaz tashiladi”Ozarbayjonning Anqaradagi elchisi Reshad Mammadov, Trans-Anadolu tabiiy gaz quvur liniyasi (TANAP) loyihasining quvvati ortganiga diqqat qaratdi.– Joriy yilda 22,2 milliard kub metr gaz eksport qilinishi kutilmoqda, shundan Turkiyaga 10,2 milliard kub metr, Yevropaga 12 milliard kub metr gaz eksport qilinishi kutilmoqda. dedi.

Sabah "Turkiyadan Fors ko'rfazi mamlakatlariga 1,6 milliard dollarlik eksport"

Turkiyaning Fors ko'rfazi o'lkalariga eksporti may oyida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 29 foiz ortib, 1 milliard 691 million dollarga yetdi.

Hurriyet “Antaliyaga havo orqali kelayotgan sayyohlar soni 4 milliondan oshdi”

1-yanvardan 10-iyungacha Antaliyaga havo yoʻli bilan kelgan sayyohlar soni 2022-yilga nisbatan 37 foizga ortib, 4 million 62 ming 891 nafarga yetdi.

Vatan "Istanbul aeroportida "UEFA Chempionlar Ligasi" rekordi"

UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun Istanbulga kelganlar natijasida Yevropaning eng gavjum aeroporti bo'lgan IGA Istanbul aeroporti 9-iyun, juma kuni 1594 parvoz va qo'nish bilan yangi rekord o'rnatdi.

  Istanbul aeroporti 11-iyun yakshanba kuni rejalashtirilgan jami 1749 ta reys bilan tashrif buyuruvchilarning qaytishi bilan barcha davrlarning havo harakati rekordini yangiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar