Matbuot sharhlari: 09.05.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1824059
Matbuot sharhlari: 09.05.2022

Hürriyet gazetasi: Erdoʻgʻan: Armiyamiz hudud boʻylarida xatoga yoʻl qoʻymadi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan chegarada tekshiruv va nazorat ishlari olib borgan Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda xavfsizlik kuchlariga ham xitob etgan Erdoʻgʻan, “Armiyamiz shu paytgacha chegarada zarracha xatoga yoʻl qoʻymadi. Armiyamizning siz aziz a’zolarini shaxsim, xalqim nomidan olqishlayman. Bu sa'y-harakatlaringiz tarix davomida unutilmaydi”.-dedi.

Vatan gazetasi: Turkiya Shveytsariyadagi hujumni qoraladi. PKK terror tashkiloti yondoshlari, kecha Shveytsariyaning Basel shahrida 23-aprel Xalqaro bolalar festivaliga atab uyushtirilgan tadbirda Turk fuqarolariga qarshi hujum qildi. Tashqi ishlar vazirligi ushbu hujumni keskin qoralab, “Bir terror tashkiloti va yoqlovchilarining Yevropaning qoq markazida, bolalar bayramini nishonga ola turgan darajada past ketishi, terror tashkilotining xunik yuzini xalqaro hamjamiyat oldida yana bir bor oshkor qildi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.   

Star gazetasi: Turkiya Yevropa ittifoqi tarkibida boʻlganida edi, bu urushga monelik qilinardi. Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari va Yevropa ittifoqi masalalari boʻyicha rahbar-elchi Faruk Kaymakchi, Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a’zoligining uchinchi mamlakatlar uchun ham katta yutuq ekanini qayd etdi. Kaymakchi, “Agar Turkiya Yevropa ittifoqi tarkibida boʻlganida edi Ukrainadagi urushga bemalol monelik qilinardi. Chunki Gʻarb uchun eng muhim masala, mavzuni boshqa tomonga burgʻilashdir”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Yevropaliklar Uzoq Sharq oʻrniga Turkiyani tanlamoqda. Istanbul savdo palatasi rahbari Shekib Avdagich, ishlab chiqarish va buyurtmalarda Turkiyaga boʻlgan qiziqishning Covid-19 pandemiyasidan keyin ham davom etganini qayd etdi. Uzoq Sharqda ayniqsa, Xitoyda, koronavirus holatlarining takror ortganini yodga solgan Avdagich, “Shuning uchun yevropaliklar buyurtmalar masalasida Turkiya kabi kafolatli bozorlarni tanlashni davom etmoqda. Turkiya narx, sifat va yetkazib berish boʻyicha a’lo darajada xizmat bermoqda”.-dedi.

Haber Türk gazetasi: Qishloq xoʻjaligi eksporti ilk 4 oyda 24 foizga oʻsdi. Turkiyaning qishloq xoʻjaligi eksporti yilning ilk 4 oyida oʻtgan yilning huddi shu davriga nisbatan 24 foizga oʻsgan holda, 11 milliard 127 million dollarga yetdi. Mamlakatning qishloq xoʻjaligi eksporti aprel oyida ham oʻtgan yilning huddi shu davriga nisbatan 17.6 foiz oʻsgan holda, 2 milliard 765 million dollar deb qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar