Matbuot sharhlari 17.01.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1763484
Matbuot sharhlari 17.01.2022

 

Sabah gazetasi: "G'arb matbuotidan e'tirof! Yagona yo'l Turkiya bilan hamkorlikdir” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Bryusselda faoliyat ko’rsatgan “EU Observer” gazetasida Turkiya haqida maqola chop etildi.

“Turkiya va Yevropa Ittifoqi o’rtasida geopolitik hamkorlik vaqti” sarlavhali maqolada Turkiyaning geostrategik ahamiyatiga e’tibor qaratilar ekan, “Yagona yo’l Turkiya bilan hamkorlik” degan ifodalarga o’rin berilgan.

 

Yeni safak gazetasi: "Washington Post Bayraktar TB2 maqolasini e’lon qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  AQShning "Vashington Post" gazetasi Turkiyada ishlab chiqarilgan ilg'or texnologiya “Bayraktar TB2” qurilmasi haqida maqola chop etdi.

Ta'kidlanishicha, “Bayraktar TB2” dronlari an’anaviy havo kuchlarining atigi kichik bir qismiga ega bo'lgan mamlakatlarga yashirin/arvoh havo kuchini taklif qiladi. Ukrainalik harbiy ekspert "dushmanga qo’rquv va real ta'sir" ko’rsatishini ma’lum qilar ekan, gazeta esa Moskvaning bundan xavotirda ekanligini qayd etdi.

 

Star gazetasi: “Qo'shni davlatdan Turkiya milliy avtomobili TOGGga maqtovli so’zlar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning mahalliy avtomobili TOGG ning sedan modeli butun dunyoni hayratga soldi. Bu haqdagi maqtovli so’zlar Gretsiya matbuotida chop etildi.

Qo'shni davlat Gretsiya matbuoti, "Turklar Yevropani zabt etishga tayyor va Prezident Erdo’g'an TOGG bilan orzusini amalga oshirdi",- degan so’zlarga o’rin berdi.

 

Vatan gazetasi:  "Ozarbayjonda TEKNOFEST fan va texnologiya shamoli esadi" sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, dunyoning eng yirik Aviatsiya va fazo texnologiyalari festivali TEKNOFEST besh yil davomida mamlakat chegaralarini oshib o’tib xalqaro miqyosda o’zini namoyon qilmoqda.

26-29 may kunlari qardosh Ozarbayjonda TEKNOFEST festivali bo'lib o'tadi.

Unda nafaqat texnologiya va  ilm-fan, balki kuchli raqobat, hayajon, do'stlik va birodarlik tuyg'ulari mavj urishi kutilmoqda.

 

Hurriyet gazetasi: "Turkiya o'yin sektoriga pandemiya dopingi" sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya kompyuter oʻyinlari ishlab chiqishda dunyoning yetakchi davlatlaridan biri hisoblanadi. 2021-yilda AQShda eng mashhur 100 ta mobil oʻyinning 20 foizi Turkiyadan tanlangan.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar