Matbuot sharhlari 26.11.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1738938
Matbuot sharhlari 26.11.2021

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya iqtisodiy maqsadlariga e'tiborni kuchaytirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  Turkiya Milliy Xavfsizlik Kengashida mamlakatning o'zi qurgan mustahkam infratuzilma bo'yicha maqsadlariga muvofiq sarmoya, ishlab chiqarish, bandlik va eksportga yo'naltirilgan iqtisodiy siyosatlarni amalga oshirish jarayonida duch kelgan va duch kelishi mumkin bo'lgan qiyinchilik va tahdidlar muhokama qilindi.

Yig'ilishda 2023 yilda Turkiya Respublikasining 100 yilligiga har sohada bo'lgani kabi iqtisodiy jihatdan mustahkam erishish qarori tasdiqlandi.

 

Hurriyat gazetasi: “TURKOVAC yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi kutilmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan mahalliy TURKOVAC vaktsinasini favqulodda foydalanish uchun ro’yxatdan o’tkazish haqidagi xabardan keyin bergan bayonotida, loyihasi ustida ish olib boradigan ishlab chiqarish markazi uchun tender o'tkazilgani haqida ma'lumot berdi. Ushbu markaz o'z sohasida dunyodagi eng ilg'or bo'linma bo'ladi.

 

Vatan gazetasi: “Turk bankchilik sektori mustahkam” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Respublikasi Markaziy banki raisi Shahap Kavjiog'lu, bank sektori hozirda Turkiyaning eng kuchli sektorlaridan biri ekanligini ta'kidladi. Kavjiog'lu Turk bank sektorining o'z kapitali foydasi, sarmoya tuzilishi va mijozlar qiymati bilan dunyoning eng yaxshi sektorlaridan biri ekanligini aytdi.

 

Star gazetasi: “Turkiya bilan hamkorligimiz mintaqadagi muhitni o’zgartirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ukrainaning Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Vasil Bodnar Turkiya va Ukrainaning yaqinlashuvi mintaqadagi muhitni ijobiy tomonga o'zgartirib, yangi kun tartibni paydo qilganligini ma’lum qildi.

U ikki davlatning nafaqat o'zaro, balki Qora dengizni o’z ichiga oladigan Kavkaz, Sharqiy O'rta yer dengizi va Bolqon mintaqalarida ham hamkorlikni yo’lga qo’yishni ko'rib chiqishlari kerakligini ta'kidladi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Yevropada Galatasarayning bilagi bukilmadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Galatasaray UEFA Yevropa Ligasi E guruhi 5-hafta uchrashuvida Fransiya vakili Marselni 4-2 hisobida mag‘lub etdi va 11 ochko bilan liderligini davom ettirdi. Guruhdan chiqishni kafolatlagan Galatasaray jamoasi oxirgi haftadagi o'yinda ochko olishsa, o'z guruhini peshqadamlik bilan yakunlaydi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar