Matbuot sharhlari 04.03.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1594714
Matbuot sharhlari 04.03.2021

 

Xabar turk gazetasi: “Misr bilan dengiz shelfi bo’yicha muzokara o’tkazishimiz mumkin” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Sharqiy O’rta yer dengizida olib borilayotgan dengiz shelfi bo’yicha muzokaralar yakuniga ko’ra, Misr bilan ham muzokara o’tkazilishi mumkinligini bildirdi.

“Kelgusida o’zaro kelishuv imzolashimiz mumkin”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.

 

Vatan gazetasi: “Bu hafta Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga yana 20 ming doza vaksina yuboramiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay kecha Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri Ersan Saner bilan uchrashdi.

“Bu hafta Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga yana 20 ming doza vaksina yuboramiz. Natijada, mamlakatga jami 100 ming doza vaksina yuborgan bo’lamiz”,-dedi Fuat O’ktay.

 

Star gazetasi: “Terror tashkiloti PKKga ko’z ochdirmaymiz: 126 jangari yo’q qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya xavfsizlik kuchlari terror tashkiloti PKK va YPGga qarshi operatsiyani muvaffaqiyatli olib bormoqda. Joriy yilning fevral oyida terror tashkilotiga qarshi olib borilgan harbiy amaliyotlarda 126 jangari yo’q qilindi.

 

Sabah gazetasi: “Turk zirhli vositasi Cobra II yangi varianti bilan eng xavfli xizmatlarga tayyor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk mudofaa sanoatining zirhli vositalarni ishlab chiqaradigan Otokar kompaniyasi, Cobra II vositalariga minaga qarshi chidamlilik xususiyatini ilova qildi. Cobra II 4x4 zirhli vositalar turkumi Turkiya va dunyoda 15 mamlakatda qo’llanilayotgan Cobra vositalarining yangi modeli sifatida loyihalashtirildi.

 

Hurriyat gazetasi: “Usta san’atkor Bulent Evjil Italiyaning mashhur “Falaut” jurnalining bosh muqovasida o’rin oldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Istanbul Davlat senfoniya orkestri rahbari va nay san’ati ustasi Bulent Evjil Italiyaning taniqli san’at jurnali “Falaut”ning bosh muqovasida namoyish qilindi. Jurnalda dunyoga mashhur nay san’atkori deb tanitilgan Bulent Evjilning maxsus intervyusiga ham o’rin berilgan. Shuningdek, uning Braziliya, Amerika, Italiya va boshqa turli mamlakatlardagi konsert dasturlariga e’tibor qaratilib, sazovor bo’lgan mukofotlari va muvaffaqiyati haqida so’z yuritildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar