Matbuot sharhlari 09.06.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1432411
Matbuot sharhlari 09.06.2020

 



Yeni shafak gazetasi:"Erdo’g’andan Gretsiyaning Ayasofiya haqidagi izohiga e’tiroz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha oqshom TRTning maxsus ko’rsatuvi mehmoni bo’ldi. Prezident ko’rsatuvda kun tartibdagi dolzarb masalalar bo’yicha savollarga javob berdi.

Gretsiyaning Ayasofiya haqidagi ifodasiga keskin munosabat bildirgan Erdo’g’an: “Deydilarki, “Ayasofiyani jome’ga aylantirmang!” Turkiyani kim boshqaryabdi? Sizmi yoki bizmi? O’zingni bos! Agar haddingdan oshsang, Turkiya nima qilishni yaxshi biladi”,-deya e’tiroz bildirdi.

 

Xabar turk gazetasi: “128 davlatdan 80 ming fuqaro Turkiyaga evakuatsiya qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, kecha Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida to’plangan Ak partiya markaziy boshqaruv kengashi yig’ilishidan so’ng partiya kotibi Umar Chelik matbuotga brifing berdi.

“Dunyoda global xatar - koronavirus epidemiyasi tarqala boshlagach, 128 davlatdan jami 80 mingdan ortiq fuqaromiz vatanga olib kelindi. Xorij davlatlarda koronavirusdan vafot etgan 558 nafar fuqaromizdan 454 nafarining janozalari Turkiyaga keltirildi”,-deb ma’lum qiladi Umar Chelik matbuotga bergan brifingda.


Star gazetasi: "Vazir Fahriddin Ko’ja koronavirus haqida hisobot berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja tvitter orqali Turkiyadagi koronavirus bilan bog’liq vaziyat haqida ma’lumot berdi.

“Turkiyada virusga chalinganlar sonida qisman ortish bor. Biroq, buni niqob taqish va ijtimoiy masofa qo’yish yo’li bilan to’xtatib qolishimiz mumkin. Virusdan butkul sog’ayib ketgan bemorlarimiz sonida katta ortish kuzatildi. Sun’iy nafas olish jihoziga ehtiyoj qolmadi”,-deb ma’lum qilgan Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja tvitterdagi sahifasida.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiyadan xorijga 2000ta jihoz yuborildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank ma’lum qilishicha, Turkiya Braziliyaga 650ta respirator – o’pkaga sun’iy nafas oldirish jihozi yubordi.

“Shu kungacha Turkiya xorij davlatlarga jami 2000ta respirator jihozi yubordi”,-deb aytgan Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank.  


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar