Matbuot sharhlari 04.02.2020

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1352920
Matbuot sharhlari 04.02.2020

Star gazetasi. Idlibdagi hujum ortidan Erdo’g’an bayonotlar berdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an kecha Ukraina tashrifi oldidan bergan bayonotida Idlibda turk askarlari shahid qilingan hujumga qarshi ortiqchiligi bilan kerakli javobning berilganini va buning davom etajagini qayd etdi. Prezident Erdo'g’an bu haqida, “Yurtimiz, xalqimiz va idliblik birodarlarimizning xavfsizligi uchun biz olib borgan amaliyotni davom ettirishda qarorlimiz. Bu va bunga o’xshash hujumlar orqali Turkiyaning qarorliligini imtihon qilganlar katta xatoga yo’l qo’yganliklarini tushunib yetadi” deya gapirdi.  

Hürriyet gazetasi: Hulusiy Akar Suriya chegarasida bayonotlar berdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar hamrohligidagi Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Yashar Guler va Harbiy kuch qo’mondonlari bilan kecha Suriya chegarasining nol nuqtasida bo’ldi. Hulusiy Akar unda, Idlibda yuz bergan hujumga qarshi kerakli javobning berilganidan xammaning ko’ngli xotirjam bo’lishi kerakligini qayd etdi.

Sabah gazetasi: Chavusho’g’lu: “Aslida sotish hujjati bo’lgan bu rejani Islom olami sifatida birgalikda rad ettik”. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu kecha Saudiya Arabistonining Jidda shaharida Islom Hamkorlik tashkiloti yig’ilishida ishtirok etdi. Unda, IHTning Amerika Qo’shma Shtatlari iddio etgan tinchlik rejasiga bo’lgan munosabatidan tashqari Falastin masalasining ham qo’lga olinganini ma’lum qildi. Chavusho’g’lu bu haqida, Twitterda qoldirgan postida, “IHT yig’ilishida ishtirok etdik. Aslida sotish hujjati bo’lgan bu rejani Islom olami sifatida birgalikda rad ettik. Falastindan voz kechganni Ollox ham, ummati ham kechirmaydi” dedi.    

Vatan gazetasi: Savdo vaziri Ruhsar Pekjan: “Respublika tarixining eng yuqori ko’rsatkichi”. Savdo vaziri Ruhsar Pekjan, yanvar oyida yillik eksport raqamining 6. 10 foiz ortgan holda 14.8 milliard dollarga yetganligini ma’lum qildi. Pekjan bu vaziyatni, respublika tarixining eng yuqori yanvar oyi eksport raqami” deb baholadi. Shuningdek u, tashqi savdo ko’rsatkichlarining Turkiya iqtisodiyotidagi tiklanishning davom etayotganidan dalolat berayotganligini ifoda etdi.

Haber Türk gazetasi: Turkiya o’tgan yili 277 million juft poyabzal eksport qildi. 2018-yili 249 million juftdan iborat bo’lgan poyabzal eksporti, o’tgan yili 11.2 foizlik ortish bilan 277 million juftga chiqdi. Eksportdan qo’lga kiritilgan daromad, 4.6 foizlik ortish bilan 932 million dolarga yetgan holda rekord o’rnatdi. Eng ko’p eksport 106 million dollar bilan Rossiyaga yo’lga qo’yilar ekan Rossiyani 70 million dollarlik eksport bilan Iroq va 59 million dollarlik eksport bilan Germaniya kuzatdi. Eng yuqori eksport ortishi 168 million dollar bilan Xitoyga qaratildi.



Aloqador xabarlar