Matbuot sharhlari 28.11.2019

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1314062
Matbuot sharhlari 28.11.2019

 

 

Xabar turk gazetasi:“Trampning PKK e’tiroziga Ankaradan keskin javob” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, AQSh tomonidan PKK terror tashkilotining Suriyadagi guruhi YPG/PYDga ko’rsatgan yordami NATOda inqirozga sabab bo’ldi.

AQSh prezidenti Donald Tramp hukumati PKK, YPG va PYD terror tashkilotlarini Turkiyaga nisbatan tahdid sifatida qabul qilgan NATO rejasiga e’tiroz bildirishi tufayli, Turkiya ittifoqning Boltiq davlatlari va Polshaga qaratilgan xavfsizlik rejasini tasdiqlamadi.

 

Star gazetasi: “Turkiya 10 yilda juda rivojlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha,Geopolitical Futures” kompaniyasi rahbari siyosatchi George Friedman Turkiya 10 yil ichida katta kuchga ega bo’lganligini ma’lum qildi.

“Bundan 10 yil avval Turkiya AQSh va Rossiya bilan teng huquqli bo’ladi, bir doirada muzokara o’tkazadi desalar bunga ishonmas edik. 10 yil o’tgach, o’zgacha Turkiyaga guvoh bo’lib turibmiz. Endilikda Turkiya o’z chegaralari xavfsizligini ta’minlamoqda, potantsial ittifoqdoshlarini o’zi tanlamoqda”,-deb aytgan siyosatchi George Friedman.

 

Vatan gazetasi: “Markaziy bank va davlat banklari tarixning eng yirik daromadini e’lon qiladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha,Hazina va moliya vaziri Berat Albayrak: “Markaziy bank va davlat banklari tarixida eng katta daromadini e’lon qiladi”,-dedi. Albayrak joriy yilda qariyb 84 tonna oltin eksport qilinganligini ma’lum qildi.

 

Sabah gazetasi: “Xalqaro kredit darajalantirish tashkilotiga ko’ra Turkiya rivojlanishda” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Xalqaro valyuta fondi (IMF), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD), Xalqaro finans tashkilotlari va darajalantirish tashkilotlari Turkiya joriy 2019 yilni katta o’sish yo’nalishida yakunlashini ma’lum qildi. Taxminlarga ko’ra, Turkiya 2020 yilda esa, 3.5 foiz va undan ko’proq darajada rivojlanishi mumkin.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar