Matbuot sharhlari 25.04.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1189637
Matbuot sharhlari 25.04.2019

Star gazetasi: Prezident Erdo'g’an: “Turkiyaga tuhmat qilganlarning hammasining qonli o’tmishi bor” dedi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Beshtepadagi Xalq kongressi va madaniyat markazida uyushtirilgan sempoziumda nutq so’zladi. Prezident Erdo'g’an mazkur nutqida, arman masalasi va terrorizmga qarshi kurash ustidan Turkiyaga inson huquqlari va demokratiya haqida saboq berishga uringanlarning hammasining qonli o’tmishi borligini qayd etdi.

Yeni Shafak gazetasi: Fahrettin Altun: “1915-yilgi voqealardan siyosiy manfaatlar uchun foydalanmaslik kerak”. Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi rahbari professor doktor Fahrettin Altun, 1915-yilgi voqealar siyosiy manfaatlar uchun emas to’g’ri va haqiqat ostida qo’lga olinishi kerak. Shuningdek, uchinchi davlatlarning bir tomonli ideologik fikridan voz kechilishi darkor” dedi.

Sabah gazetasi: To’rt askar shahid bo’lgan hududdagi terroristlarga qarshi havo amaliyoti uyushtirildi. Turkiyaning Hakkari viloyatining Chukurja tumaniga qarashli Kavushak Seriberi nomidagi harbiy baza hududiga kirishga harakat qilgan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti a’zolari havo amaliyoti orqali yo’q qilindi. Ishonchli manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra tunov kuni harbiy baza o’rin olgan hududga YPG/ PYD terror tashkiloti a’zolarining kirishga uringanligi aniqlangan. Harbiy- havo kuchlari qo’mondonligi tomonidan ijro etilgan mazkur amaliyot natijasida, 19-aprel kuni 4 nafar turk askari shahid qilingan hududda, bir guruh terrorist yo’q qilingan.  

Hurriyet gazetasi: Turkiyaning avtomobil sanoati tarmog’i Lotin Amerikadagi yarmarkada ishtirok etmoqda. Turkiyaning avtomobil sanoati tarmog’i Lotin Amerikaning eng yirik “Automec 2019” yarmarkasida 29 ta firmasi bilan ishtirok etmoqda. Expo Sao Paulo yarmarka maydonida o’tkazilayotgan, “Automec 2019” yarmarkasining dunyoning 20 dan ortiq davlatidan, mingga yaqin ishtirokchisi bor. Uludag’ nomidagi Avto Sanoat eksportchilari jamiyati tomonidan uyushtirilgan Turkiya stendi, tarmoq yetakchilari tomonidan katta qiziqish uyg’otmoqda.

Haber Turk gazetasi: Britaniyalik sayyohlar sonida 40 foizlik ortish kutilmoqda. Britaniyalik sayyohlar eng ko’p Turkiyaning Marmaris shahriga kelmoqda. 2019-yilgi mavsumda britaniyalik sayyohlar sonida 40 foizlik ortish kutilmoqda. Mazkur mavzuga to’xtalgan Turkiya Sayohat agentliklari assotsatsiyasining Marmarisdagi mintaqaviy vakolatxonalar kengashi rahbari Suat Esin, “Bu yil dunyoning barcha mamlakatidan kelgan sayyohlar sonida ortish kutilmoqda lekin eng yirik ortish britaniyalik sayyohlar sonida kuzatiladi degan fikrdamiz. Hatto bu ortish 40 foizni tashkil etadi deb o’ylayman” dedi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar